So’nggi yangiliklar

16:30U-20 Осиё кубоги. Корея Республикаси – Ўзбекистон (матнли трансляция)  31 16:04U-20 Осиё кубоги. Япония пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, ярим финалга ва ЖЧга йўлланма олди!  11 15:53"Комо" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 15:37Зайниддин Тожиевнинг ўғли Беларусь клубида кўрикдан ўтмоқда  6 15:22"Фейеноорд" ван Персини жамоанинг янги бош мураббийи деб эълон қилди  2 14:48"Pink Ladies Cup 2025". Ўзбекистон 2-турда Иордания устидан ғалаба қозонди, вакилларимиз илк турда Корея Республикасига мағлуб бўлганди  0 14:28"Манчестер Юнайтед" ёзда Осимхен учун 75 млн евро тўлашга тайёр  3 14:02Гвардиола: "Ҳаётлигимда ҳеч ким АПЛни кетма-кет тўрт марта ютмайди"  24 13:38Интервью. Анвар Бердиев: "Ҳеч қайси рақиб "Шўртан"га оддий жамоа сифатида қарамаслиги керак"  1 13:21Интервью. Сардор Абдураимов: "Нефтчи"да захирада ўтиргандан, "Машъал"да асосий таркибда ўрнимга эга бўлиш яхшироқ"  0 12:57Рамос "Монтеррей" сафида дебют қилди. 38 ёшли ҳимоячи майдонда 80 дақиқа ўйнади  0 12:32Ван Дейк "Реал"га йўл олиши мумкин  3 12:01"Барселона" "Манчестер Сити" вингерини харид қилиши мумкин  1 11:37"Реал" 39 ёшли Модрич билан шартномани 2026 йилга қадар узайтиришга тайёр  5 11:10"Челси"нинг янги мақсади маълум  3

ECHL. "Inter" o'z uyida ham "burgutlar"ni jilovlay oladimi? Yangiliklar

ECHL. "Inter" o'z uyida ham "burgutlar"ni jilovlay oladimi?

Bugun ECHL chorak finali navbatdagi juftliklarida javob bahslari bo'lib o'tadi.

Italiyada "Inter" Portugaliyaning "Benfika" jamoasini qabul qiladi. 

 

Birinchi o'yin

Lissabondagi uchrashuv natijasi ko'pchilik uchun ancha kutilmagan bo'ldi. Milan klubi kuchli o'yin o'tkazdi va mezbonlarga imkon qoldirmadi. Hisobni 51-daqiqada Nikolo Barella ochgan bo'lsa, Romelu Lukaku 82-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, "Inter" ustunligini mustahkamladi. Takidlash lozim, milanliklar ushbu g'alaba uchun Lissabonliklar etakchi yarim himoyachisi Joau Mariuga rahmat deb qo'yishlari zarur.


Inter

1. "Neradzurri"ning A Seriyada ishi yurishmayapti, ammo ECHLda — butkul boshqa jamoa

Simone Inzagi jamoasi bilan yarim finalga chiqay deb turgan bo'lsa ham, ishdan haydalish arafasida turibdi. Bunga "Inter"ning ichki chempionatdagi natijalari sabab bo'lmoqda. Milanliklar nafaqat skudetto uchun kurashda ishtirok eta olmadi, balki kuchli to'rtlikdan ham chiqib ketib qolishdi. "Milan" bilan oradagi farq ikki ochko va agar vaziyat yaxshi tomonga o'zgarmasa, Inzagilarning kichigi muddatidan avval tatilga chiqishiga to'g'ri keladi.

Sinor Simone ancha avval dam olayotgan bo'lardi ham agarda CHempionlar Ligasi bo'lmaganida. Musobaqa xuddiki avvalgi yillardagi qarzini qaytarayotgandek.

Avvaliga guruh bosqichida jamoa "Barselona"ning omadsiz davriga to'g'ri keldi. Keyin 1/8 final bosqichida "Portu"ga qarshi uchrashuvda ham omad milanliklarga kulib boqdi. Bu bosqichning dastlabki uchrashuvida ham raqib etakchisining qo'pol xatolari "neradzurri"ga yaxshigina ustunlik taqdim etdi. Albatta "ko'k-qoralar"ning ECHLdagi muvaffaqiyatida Inzagining ham roli bor, ammo "Inter"ning "Monca"ga qarshi oxirgi o'yini va o'zi umuman A Seriyadagi ishtirokiga nazar tashlab, nima deyishni ham bilmaydi kishi. 


2. de Vrey safdan chiqdi, ammo CHalxanoglu qaytdi: Inzagi himoya markazida yangi muammoga duch keldi

Birinchi uchrashuv bilan solishtirganda "Inter" ustozi turkiyalik yarim himoyachi Xakana CHalxanogluni markazda ishga solishi mumkin. "Estadio da Lush"da Brozovich-Mxitaryan-Barella uchligi ko'rsatgan o'yin u qadar ishonchli bo'lmaganini inobatga olsak, "Milan" sobiq futbolchisining jamoaga yordami tegishi aniq. Biroq Inzagi uchun yomon xabarlar ham yo'q emas.

Milan SHkriniar jamoani tark etishga qaror qilgach va keyin jarohat olgach, "Inter" himoya markazi bir muncha kuchsizlandi. Undan so'ng juda keraksiz vaqtda Stefan de Vrey jarohatlandi. Endilikda Acherbi-Bastoni-Darmian uchligiga alternativ variant ham yo'q.


Benfika

1. "Burgutlar" parvozi mavsumning eng muhim pallasida pasaydi — "Benfika" ketma-ket uchta o'yinda mag'lub bo'ldi

Aprel oyi boshlangunga qadar "Benfika"ning o'yini va natijalariga havas qilsa arzigulik edi. Rojer SHmidt jamoasi Portugaliya chempionatida raqiblarini sezdim demay mag'lub etar, CHempionlar Ligasida ham ishonchli o'yinlari bilan mavsum kashfiyoti bo'lishga nomzodlardan biri edi. Germaniyalik shartnoma muddatini uzaytirdi va "Inter" bilan birinchi to'qnashuvga shogirdlarini favorit sifatida boshlab tushgandi.

Biroq milanliklarga qarshi bahsdan avval "da Lush"da "Portu"ga imkoniyat boy berildi. "Inter" bilan bahs jamoa o'yinida o'ylab topilgan emas, chinakamiga muammolar borligini ko'rsatdi. Uchinchi qoqilish esa, ustiga-ustak "SHavish"dan, "Benfika" inqiroz davrini boshdan o'tkazayotganini tasdiqlab berdi. Har uchala o'yinda jamoa o'yini juda sust edi, har safar SHmidt omadsiz kechayotgan o'yinni qanday qilib jamoasi tomoniga og'dirishni bilmasdi.


2. Himoyada Bax yo'q, lekin endi Otamendi bor: lissabonliklarni, birinchi o'yinda etishmagan sardor oldinga etaklaydi

Himoyachi Aleksandr Baxning yo'qligi "Benfika" himoyasining ayniqsa o'ng qanotini zaif nuqtaga aylantiradi. Jilberto har holda hozircha evrokuboklarda ishonchli o'yin ko'rsata oladigan figura emasligini ko'rsatib qo'ymoqda. Bunga qaramay, SHmidt uchun himoya chizig'i bilan bog'liq yaxshi yangilik ham bor.

Gap Nikolas Otamendining qaytishi haqida ketmoqda. 35 yoshli argentinalik birinchi uchrashuvda maydonga tusha olmadi va bu "burgutlar" himoyasidagi sarosimaga sabab bo'ldi. Maydonda qolganlarni tinchlantira oladigan va shoshilmasdan o'z o'ynini o'ynashga undaydigan etakchi etishmadi. Bu ishni Milanda bajarish undanda qiyin bo'ladi, ammo Otamendi bor ekan, "Benfika" muxlislarining ko'ngli xotirjam bo'lishi mumkin.


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi


Inter

Nicolo Barella - 14', Lautaro Martinez - 65', Joaquin Correa - 78'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

20/04/2023, 01:00

3
:
3
Tugadi

Benfica

Fredrik Aursnes - 38', Antonio Silva - 86', Petar Musa - 90'

Stadion: Giuseppe Meazza, 75380 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
14'  Nicolo Barella
14'  Lautaro Martinez
65'  Lautaro Martinez
65'  Federico Dimarco
76'  Lautaro Martinez (Joaquin Correa)
76'  Edin Dzeko (Romelu Lukaku)
76'  Nicolo Barella (Hakan Calhanoglu)
78'  Joaquin Correa
78'  Federico Dimarco
80'  Alessandro Bastoni (Danilo D'Ambrosio)
80'  Federico Dimarco (Robin Gosens)
38'  Fredrik Aursnes
38'  Rafa Silva
46'  Gilberto Junior (David Neres)
49'  Rafa Silva
74'  Goncalo Ramos (Goncalo Guedes)
80'  Chiquinho (Petar Musa)
80'  Rafa Silva (Joao Neves)
81'  Petar Musa
86'  Antonio Silva
86'  Alejandro Grimaldo
89'  Joao Mario (Andreas Schjelderup)
90'  Petar Musa
90'  David Neres

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика