So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  18 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

ECHL guruh o'yinlarida qaysi jamoaning keyingi bosqichga chiqa olmagani alam qildi? (So'rovnoma yakunlari) Yangiliklar

ECHL guruh o'yinlarida qaysi jamoaning keyingi bosqichga chiqa olmagani alam qildi? (So'rovnoma yakunlari)

Teglar :  ECHLSo'rovnoma
ECHL 2020/2021 yilgi mavsumning guruh bahslari o'z yakuniga etdi.

Telegram kanalimizda "ECHL guruh o'yinlarida qaysi jamoaning keyingi bosqichga chiqa olmagani alam qildi?" mavzusida so'rovnoma qo'yib, variantlar sifatida 8ta jamoani keltirgandik. 

SHu o'rinda keyingi bosqichga chiqqan klublarni yana bir karra eslab o'tsak. 

Ispaniya (4) - "Atletiko", "Real", "Sevilya", "Barselona".

Germaniya (4) - "Bavariya", "Borussiya M", "Borussiya D", "Leypcig".

Angliya (3) - "Manchester Siti", "Liverpul", "CHelsi".

Italiya (3) - "Atalanta", "Lacio", "Yuventus".  

Franciya (1) - PSJ

Portugaliya (1) - "Portu"


SHunday qilib Ispaniya va Germaniyadan to'rttadan jamoa keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Angliya va Italiyadan esa uchtadan. Franciya va Portugaliyadan bittadan klub baxtli 16 jamoa orasidan joy oldi. 

Evropa Ligasida o'ynaydigan jamoalar:

"Zalcburg" (Avstriya)

"SHaxtyor" (Ukraina)

Olimpiakos (Greciya)

"Ayaks" (Gollandiya)

"Krasnodar" (Rossiya)

"Bryugge" (Belgiya)

"Dinamo" Kiev (Ukraina)

"Manchester Yunayted" (Angliya)


Endi so'rovnoma natijalariga qaytsak. So'rovnomada ishtirok etganlarning 53 % "Manchester Yunayted" guruhdan chiqa olmagani alam qilganini belgilagan. Demak, ko'pchilikka aynan shu jamoaning 1/8 finalga yo'l ola bilmagani alam qilgan. Keyingi o'rinni 27 foiz ovoz bilan "Inter" egalladi. Darvoqe, "Inter" hatto uchinchi ham bo'la olmadi. Konte shogirdlari atigi 1 g'alaba bilan guruhda oxirgi bo'lishdi.

Bu borada "Ayaks" 7 foiz to'plagan bo'lsa, "SHaxtyor" 7 % ovozga ega bo'ldi. Rossiyaning eng kuchli klublaridan biri "Zenit"ning ham guruhdan chiqa olmagani alam qilgani rost. "Krasnodar", "Dinamo" Kiev va "Lokomotiv" Moskva bu borada atigi 1 foiz ovoz bilan oxirgi bo'lishdi. 

"Manchester Yunayted" 6ta o'yindan uchtasida g'alaba qozonib, uch bor mag'lubiyatga uchradi. Eng alamli mag'lubiyat Istanbulda qayd etildi. Agar shu mag'lubiyat bo'lmaganida balki MYU guruhdan chiqishi mumkin edi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика