ECHL guruh bosqichining eng yaxshi goli aniqlandi
11 noy 2022 21:27
Yangiliklar


ECHL guruh bosqichining eng yaxshi goli aniqlandi
PSJ hujumchisi Lionel Messining “Benfika” darvozasiga kiritgan to'pi CHempionlar ligasi guruh bosqichining eng yaxshi goli deb topildi.
3-tur uchrashuvida PSJ safarda “Benfika” bilan bahs olib bordi (1:1). 35 yoshli argentinalik futbolchi jarima maydonchasi yaqinidan raqib darvozasini ishg'ol qildi.
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Dortmundning “Borussiya”siga (2:1) qarshi 2-tur uchrashuvida kiritgan to'pi muxlislar ovozlariga ko'ra, ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi o'rinni ham Messining beshinchi turda Isroilning “Makkabi”siga qarshi o'yindagi goli (7:2) egalladi.
PSJ hujumchisi joriy mavsumda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
16:00
Pedru Moreyra "Al Hilol"ga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) 15

Fikrlar