ECHL. Guruh bosqichining barcha rekordlari
18 sen 2018 12:40
Yangiliklar
ECHL. Guruh bosqichining barcha rekordlari
O'quvchilarimiz etiboriga 1992/93 yilgi mavsumdan buyon Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi rekordlarini taqdim etamiz.
Futbolchilar
Eng ko'p o'yin o'tkazganlar
89: Iker Kasilyas ("Real", "Portu")
80: Xavi Ernandes ("Barselona")
78: Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted", "Real")
Eng ko'p gol urganlar
60: Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu
40: Karim Benzema
Bitta o'yinda eng ko'p gol urgan
5: Luis Adriano (BATE - "SHaxter" 0:7, 21 oktyabr 2014 yil)
Bir mavsumda eng ko'p gol urgan
11: Krishtianu Ronaldu ("Real", 2015/16)
Eng tezkor gol
10,96 sekund: Jonas ("Valensiya" - "Bayer" 3:1, 1 noyabr 2011 yil)
Eng tez avtogol
2 daqiva va 9 sekund: Inigo Martines ("Manchester Yunayted" - "Real Sosedad" 1:0, 23 oktyabr 2013 yil)
Eng tez xet-trik
8 daqiqa: Bafetimbi Gomis ("Dinamo" Zagreb - "Lion" 1:7, 7 dekabr 2011 yil)
Eng yosh futbolchi
16 yosh va 87 kun: Selestin Babayaro ("Anderlext" - "Styaua" 1:1, 23 noyabr 1994 yil)
Eng yosh gol urgan futbolchi
17 yosh va 195 kun: Piter Ofori-Kuaye ("Rusenborg" - "Olimpiakos" 5:1, 1 oktyabr 1997 yil)
Eng yoshi katta futbolchi
43 yosh va 253 kun: Marko Ballotta ("Real" - "Lacio" 3:1, 11 dekabr 2007 yil)
Gol urgan eng yoshi katta futbolchi
38 yosh va 59 kun: Franchesko Totti (CSKA - "Roma" 1:1, 25 noyabr 2014 yil)
KLUBLAR
Guruh bosqichidagi ishtiroklar soni
23: "Barselona", "Portu", "Real"
22: "Bavariya", "Manchester Yunayted"
Eng ko'p ochko olganlar (1992/93, 1993/94 va 1994/95 yilgi mavsumda g'alaba uchun 2 ochko berilgan)
285: "Real"
273: "Barselona" (279, agar doim 3 ochko berilganida)
Eng ko'p gol urgan
321: "Real"
293: "Barselona"
Eng ko'p guruhdan chiqqan klub
22: "Real"
Ketma-ket guruhdan chiqqan klub
21: "Real" (1997/98 mavsumdan buyon)
Guruhda eng ko'p birinchi o'rinni olgan klub
19: "Barselona"
Guruh bosqichida eng ko'p mag'lubiyatsiz mavsumni o'tkazgan klub
11: "Barselona"
Bir mavsum rekordlari:
Eng ko'p g'alabalar
6: "Milan" (1992/93), "Pari Sen-Jermen" (1994/95), "Spartak" (1995/96), "Barselona" (2002/03), "Real" (2011/12 va 2014/15)
Eng ko'p duranglar
6: AEK Afiny (2002/03)
Eng ko'p gol urgan klub
25: "Pari Sen-Jermen" (2017/18)
Eng ko'p gol o'tkazgan klub
24: BATE (2014/15), "Legiya" (2016/17)
Eng kam gol o'tkazgan klublar
1: "Milan" (1992/93), "Ayaks" (1995/96), "Yuventus" (1996/97 va 2004/05), "Valensiya" (2005/06), "Liverpul" (2005/06), "CHelsi" (2005/06), "Manchester Yunayted" (2010/11), "Monako" (2014/15), "Pari Sen-Jermen" (2015/16), "Barselona" (2017/18)
Eng kam gol urgan klublar
0: "Deportivo" (2004/05), "Makkabi" Xayfa (2009/10), "Dinamo" Zagreb (2016/17).
Bitta o'yinda eng ko'p gol
12: "Borussiya" Dortmund - "Legiya" 8:4 (22 noyabr 2016 yil)
Eng yirik g'alaba
8:0: "Liverpul" - "Beshiktosh" 8:0 (6 noyabr 2007 yil), "Real" - "Malme" 8:0 (8 dekabr 2015 yil)
Eng ko'p golli durang
4:4: "Gamburg" - "Yuventus" (13 sentyabr 2000 yil), "Bayer" - "Roma" (20 oktyabr 2015 yil)
Birinchi va ikkinchi o'rin o'rtasidagi eng katta farq
11: "Spartak" (1995/96), "Barselona" (2002/03), "Real" (2014/15)
Eng kam ochko bilan guruhdan chiqqan klub
6: "Zenit" (2013/14)
Eng ko'p ochko bilan guruhdan chiqa olmagan klub
12: "Pari Sen-Jermen" (1997/98), "Napoli" (2013/14)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar