ECHL guruh bosqichi boshlanmay turib, “Ayntraxt” musobaqa rekordini o'rnatdi
26 avg 2022 09:45
Yangiliklar
ECHL guruh bosqichi boshlanmay turib, “Ayntraxt” musobaqa rekordini o'rnatdi
“Ayntraxt” o'tgan mavsum Evropa Ligasida g'olib bo'lib, CHempionlar Ligasidaga yo'llanma olgandi.
Kecha, ECHL yangi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi va frankfurtliklarga “D” kvartetida “Tottenxem”, “Sporting” hamda “Marsel” raqiblik qilishi malum bo'ldi. O'yinlar boshlanmay turib, “Ayntraxt” musobaqa rekordini o'rnatdi.
Gap shundaki, klub 62 yillik tanaffusdan so'ng, CHempionlar Ligasi asosiy raundida qatnashadi va bu musobaqadagi eng uzoq tanaffus hisoblanadi. “Burgutlar” 1959/60 yilgi mavsum turnirdagi oxirgi o'yinini finalda “Real”ga qarshi o'tkazib, 3:7 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar