ECHL finaliga hakamlar tayinlandi
12 may 2021 20:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636517_original.jpg)
![](/upload/storage/636517_220.jpg)
ECHL finaliga hakamlar tayinlandi
“Manchester Siti” va “CHelsi” o'rtasidagi hal qiluvchi uchrashuvni ispaniyalik 44 yoshli Antonio Mateu Laos boshqaradi.
Laosga qanotlarda hamyurtlari Pau Sebrian va Roberto del Palomar ko'maklashadi, zaxira hakami esa Karlos del Serro bo'ladi. VAR uchun masul - Alexandro Ernandes (Ispaniya). Uning assistentlari etib Xuan Martines (Ispaniya), Inigo Prieto (Ispaniya), Pavel Xil (Polsha) tayinlandi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumdagi ECHL finali 29 may (Tosh. vaqti 30 may 00:00) kuni Istanbulda o'tishi kerak edi. Biroq, UEFA pandemiya bilan bog'liq holat tufayli finalni boshqa stadionga ko'chirishga qaror qildi. Oxirgi malumotlarga ko'ra, “Man Siti” va “CHelsi” o'rtasidagi bahs “Dragau”da o'tadi, bu esa yaqin orada rasman elon qilinadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar