ECHL. CSKA - “Manchester Yunayted”. Eng arzon chipta 1500 rubl
28 avg 2017 23:26
Yangiliklar


ECHL. CSKA - “Manchester Yunayted”. Eng arzon chipta 1500 rubl
Moskvaning CSKA klubi Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichidan o'rin olgan “Manchester Yunayted”, “Bazel” va “Benfika”ga qarshi kechadigan uy uchrashuvlari uchun chiqariladigan chiptalar bahosini oshkor qildi.
CHiptalar sotuvi 3 ta bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqichda chiptalar faqat mavsumiy abonement egalariga sotiladi. Unda har bir abonement egasi bir yo'la 3 ta o'yinga maxsus chegirma asosida chipta xarid qilishi mumkin.
Ikkinchi bosqichda mana shu 3 ta o'yin uchun chiqarilgan chiptalarni istagan xaridor sotib olishi mumkin. So'nggi bosqichda chiptalar alohida bitta o'yinga sotiladi.
Masalan, guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan “Manchester Yunayted” (27 sentyabr) klubiga qarshi kechadigan uchrashuv uchun chiqariladigan eng arzon chiptaning bahosi 1500 rublni tashkil qiladi. Eng qimmat chipta esa 40 000 rubldan sotiladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar