

Chorak finalning so'nggi ishtirokchilari Bavariya va Barselona bo'ldi. Bu klublar Yuventus va Arsenalni mag'lub etishdi.
Oldinroq 1/4 finalga PSJ, Benfika, Volfsburg, Manchester Siti, Real va Atletiko chiqqandi.
Eslatib o'tamiz, chorak finalga qur'a tashlash marosimi 18 mart kuni Non shahrida bo'lib o'tadi. Dastlabki o'yinlar 5 va 6 aprel, javob bahslari 12 va 13 aprel kunlari bo'lib o'tadi.



