So’nggi yangiliklar

00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  0 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  6 23:54А Серия. "Рома" ўз уйида "Верона"ни қабул қилмоқда, Шомуродов илк дақиқаларданоқ гол урди! (онлайн ҳисоб)  23 23:30Рўзиқул Бердиев: "Ғалабага муносиб ўйин кўрсатдик, Черанга ишонишда давом этамиз"  1 23:27"Лас-Палмас" — "Атлетико". Альварес асосий таркибда, Гризманн захирада  0 23:23Педру Морейра: "Мендан хафа бўлмайсизлар, бугунги саволларингизга жавоб бера олмайман"  7 22:17Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Нефтчи"ни тор-мор этди  223 21:40"Ливерпуль" Дарвин Нуньес бўйича қарор қабул қилди  5 21:19Ла Лига. "Барселона" еттита гол урилган ўйинда камбэк эвазига "Сельта"ни мағлуб этди  138 21:08Бердиевнинг захира кучлари иш берди. "Бухоро" - "Насаф" 1:3  43 20:54АПЛ. "Ман Сити" О'Райли ва Ковачичнинг голлари эвазига "Эвертон"ни мағлуб этди, Ҳусанов захирада қолдирилди  65 20:31"Барселона" ПСЖ юлдузини нишонга олди  30 20:01U-17 Осиё Кубоги финал учрашувининг ҳакамлари маълум  18 20:01Суперлига. "Воҳа дербиси" "Машъал" фойдасига ҳал бўлди  7

ECHL. Bugungi to'qnashuvlar uchun prevyu Yangiliklar

ECHL. Bugungi to'qnashuvlar uchun prevyu

UEFA CHempionlar Ligasi 2022/23 yilgi mavsumi boshlanishi oldidan bugun bo'lib o'tadigan uchrashuvlar prevyusi bilan tanishing.

 Bu yilgi musobaqa starti juda ko'p intriga va ajoyib o'yinlarga boy bo'ladi.

"Seltik” – "Real Madrid" (Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi)

To'rt yillik tanaffusdan so'ng musobaqaning ushbu bosqichiga qaytishingizni yana qanday yo'l bilan nishonlash mumkin! Tasavvur qiling-a, qura tashlash marosimidan so'ng ushbu uchrashuv chiptalari bahs bo'lib o'tadigan shaharda qanchalik ommabop chiptaga aylangan! Buning sababi esa oxirgi 9 musobaqaning 5 tasida Kubokni o'z uyiga olib ketgan "Real Madrid" tashrif buyuradi. O'tgan oyda mehmondagi o'yinlarda o'zining eng katta hisobi – 9:0 ni "Dandi Yunayted"ga qarshi o'yinda qayd etgan "Seltik" hafta oxirida "Reynjers"ga qarshi derbida yirik 4:0 hisobida ustun keldi. Mana shu o'yinlar baxsh etgan ijobiy kayfiyat "qirollik klubi"ga qarshi o'yinda muxlislarning qandaydir ijobiy natija kutishiga kichik optimizm ko'rsatadi.

"O'ylaymanki, biz ularni mag'lub eta olamiz", – deydi o'z nutqida Kyogo Furuhashi.

Bilasizmi? 

"Real" hech qachon ECHL guruh bosqichida qolib ketmagan.


"Dinamo" Zagreb – "CHelsi" (21:45)

Tomas Tuxelning "ko'klar"i o'zlarining to'liq tayyor bo'lmagan ikkilanib o'ynayotgan tarkibi bilan CHempionlar Ligasida mavsumni boshlab oladi. Ular boradigan manzillar orasida oson yutsa bo'ladiganlari ham bor. "Dinamo"ning tanilgan "ishlab chiqarish" liniyasi ajoyib yoshlarni etishtirishda davom etmoqda (yarim himoyachi Martin Baturinani kuzatib turing) va hujum chizig'ida o'zini isbotlagan futbolchilar shay. Ayniqsa, o'z uyida "modrilar" "Maksimir" stadionida barcha musobaqalarda 19 ta o'yin o'tkazib, 16 ta g'alaba va 3 durang qayd etdi.

Bilasizmi? 

"CHelsi" futbolchisi Mateo Kovachich faoliyati boshida "Dinamo" libosida 6 yil o'ynagan. U 2010 yil jamoa futbolchisi sifatida ilk golini urganida 16 yosh-u 198 kunlik edi. 


"Sevilya" – "Manchester Siti" (00:00)

Erling Holand allaqachon "Molde", "Zalcburg" va "Borussiya" Dortmund jamoalari tarkibida UEFA klublari urtasidagi musobaqalarda 25 ta o'yinda 27 bor to'p kiritishga ulgurgan. U Angliyaga ko'chib o'tgach, gol urishga bo'lgan ishtiyoqi umuman kamaymaganini ko'rdik. "Sevilya" har doim Evropada etiborga olinadigan jamoa bo'lib kelgan. Holand va uning sheriklari yozgi jo'nab ketishlardan so'ng himoya chizig'ini qayta tashkil qilgan ispan klubiga qarshi imkoniyatlardan foydalanib qolishga harakat qiladi.

Bilasizmi? 

Xosep Gvardiola o'tgan mavsumda CHempionlar Ligasida o'zining 9-yarim finalini o'tkazdi va bu bilan Joze Mourinyuning ko'rsatkichidan o'zib ketdi. 


"Borussiya" D – "Kopengagen" (21:45)

"Kopengagen" jamoasi bosh murabbiyi Yess Torup: "Biz raqobatlashish, muxlislar uchun ajoyib va esda qolarli o'yin namoyish etish uchun shu erdamiz".

Jamoada "Borussiya"dan kuchli chiziqlar deyarli umuman yo'q. Mashhur "sariq devor” qarshisida turish chindan mashaqqatli bo'ladi. O'tgan oyda "Verder"ga qarshi o'yinda yutqazgan "Borussiya" (89 daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda borayotgandi). Holandsiz hayotga asta-sekin moslashib borayotgandek. Kasallik hozircha nemis klubini Sebastyan Alledan mahrum qiladi, shu tufayli yozgi transferlar chog'ida jamoaga jalb qilingan uning hamkasbi Karim Adeyemi o'tgan mavsumda "Zalcburg" bilan guruh bosqichida iliq taassurot qoldirgan edi. 

Bilasizmi? 

"Kopengagen" ushbu musobaqaning pley-off bosqichiga chiqqan Daniyaning yagona klubi hisoblanadi.


"Zalcburg" – "Milan" (00:00)

Adeyemi ushbu yozgi "keldi-ketdilar" davomida Avstriya chempionini tark etgan muhim o'yinchilardan biri edi. Ammo unutmaslik kerak – "Zalcburg" yaxshi yog'langan mashina: ijrochilar o'zgarishi mumkin, biroq natijalar kamdan kam pasayib ketadi. "SHaxtyor"dan olingan Fernando gol urish bo'yicha sustligini saqlab qolgan bo'lsa-da, u "Milan" himoyasini so'roqqa tutadi. "Rossoneri" o'tgan mavsumda 11 yil ichida birinchi marta A Seriya tojini qo'lga kiritdi. Bundan keyingi chaqiriq esa eski Evropa sehrini qayta kashf etish bo'ladi. Kuchli start buning kaliti bo'lishi mumkin. 

Bilasizmi? 

 "Zalcburg" o'tgan mavsumda CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqqan birinchi Avstriya klubi bo'ldi.


PSJ – "Yuventus" (00:00)

Ajrashganingizdan bir necha hafta o'tib sobiq sevgilingiz bilan qayta to'qnash kelishdan rasvo narsa bo'lmasa kerak. Anxel di Mariya ushbu yozda "Yuventus" bilan aloqa o'rnatishdan oldin Parijda ettita muvaffaqiyatli mavsum o'tkazdi. U may oyi oxirida muxlislarga tazim qilganida, ularning o'rnidan turib olqishlariga sazovor bo'lgan edi. Bugun tunda bo'lib o'tadigan uchrashuvda xuddi o'sha muxlislar argentinalikni bunday iliq kutib olmasligi mumkin. To'siqlardan qoqila-qoqila yangi mavsumni boshlab olgan "Yuve" yangi murabbiy Kristof Galte boshqaruvi ostidagi haqiqiy hujumkor hayot belgilarini ko'rsatuvchi PSJ libosiga duch keladi. 

Bilasizmi? 

O'tgan mavsumda musobaqaning guruh bosqichida chempionatda 50-o'yinini o'tkazgan Killian Mbappe mehmonda o'tgan o'yinlarda 20 ta gol urgan 11-o'yinchiga aylangan edi. U ushbu natijaga bor-yo'g'i 23 ta o'yinda erishdi va bu bilan qolgan 10 erkakdan yaxshiroq ko'rsatkichga ega bo'ldi.


"Leypcig" – "SHaxtyor" (00:00)

Kristofer Nkunku o'tgan mavsumda "Leypcig" uchun barcha turnirlarda 35 gol urdi va 20 golli uzatmani qalashtirib tashlaganda yozda katta qiziqishni o'zi tomonga og'dirdi. SHunga qaramay, Bundesliga 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi o'z klubida qoldi va qolgan joyidan davom ettiradigan ko'rinadi. Mavsum avvalida nemis klubi tarkibidagi asosiy muammo maydonning boshqa chetida edi. Ukrainada davom etayotgan notinch vaziyat tufayli Kievda joylashgan "SHaxtyor" ko'p jihatdan noaniqligicha qolmoqda. Ular bu yili CHempionlar Ligasi birinchi turiga atigi 3 ta o'yin o'tkazgan holda etib keladi.

 Bilasizmi? 

"SHaxtyor" 17 marta ECHL guruh bosqichiga chiqishni uddaladi. Avvalgi 16 taning 12 tasida ular keyingi bosqichga o'ta olmagandi, shu jumladan, so'nggi 4 tasida ham.


"Benfika" – "Makkabi" Xayfa (00:00)

"Makkabi" Xayfaning so'nggi marta musobaqadagi ishtiroki 2009/10 yilgi mavsumda bo'lgan edi. Jamoa o'shanda umuman gol urmasdan, hech qanday ochkosiz umidsizlikka tushgancha ishtirokini yakunlagan edi. Unutib qo'yilgan narsa o'sha mag'lubiyatlarning beshtasi kichik 0:1 hisobida mag'lubiyat bilan tugagandi. Guruh bosqichigacha pley-off bosqichida "Crvena Zvezda"ni 5:4 hisobi bilan taslim qilgan "Makkabi" 2022/23 yilgi mavsumda ortiqcha kuch bermasa kerak. SHunga qaramay, "Benfika" ochiq o'yinni qadrlashi mumkin: ular ushbu mavsumda 9 o'yinlik startda har bir o'yinda 3 tadan kam gol urishmadi. 

Bilasizmi?

"Makkabi" Xayfa 2002/03 yilgi mavsumda guruh bosqichida debyut ishtirokini amalga oshirgan birinchi Isroil klubi bo'lgan.


Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика