So’nggi yangiliklar

11:12"Байер" футболчиси "Барселона" ёки "Бавария"га ўтади  0 10:53ХХI асрнинг энг яхши африкалик футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  0 10:20«Adidas» Аргентина терма жамоаси билан ҳамкорликнинг 50 йиллиги шарафига махсус форма тақдим этди  0 09:47«Барселона» афсонаси Месси нима сабабдан Роналдудан кучли эканлигини тушунтириб берди  13 09:11Косово футболчилари Руминия билан ўйиндан сўнг кийиниш хонасига бир уюм чиқинди ташлаб кетишди  8 08:30Салоҳ ёшлигида кимга ўхшашни орзу қилганини айтди  0 07:56Родри «Ман Сити»ни тарк этса, қайси жамоага бориши маълум  7 02:54Миллатлар лигаси. Германиядан 7:0, Нидерландиядан 4:0 ва бошқа натижалар  0 01:58"Интер"нинг икки ҳужумчиси келаси ёзда клубдан кетади  0 01:21Дьёкереш учун курашда етакчи клуб номи маълум  4 00:20Сане ўзига янги клуб танлади  2 00:04Миллатлар лигаси. Украина ва Грузия ўзаро дуранг ўйнади, Туркия ўз уйида Уэльсни енга олмади ва бошқа натижалар  0 23:13Погба "Манчестер Юнайтед"га қайтади  3 22:40Дэвис келганидан сўнг ким "Реал"дан кетади?  5 21:59"Тоттенхэм" Сон билан шартномани 2026 йилга қадар узайтиради. Вингер клубда 10-мавсумини ўтказмоқда  1

ECHL. "Bavariya" chorak finalda "avariya"ga uchradi, "Manchester Siti"ni esa yarim finalda "Real Madrid" kutib turibdi Yangiliklar

ECHL. "Bavariya" chorak finalda "avariya"ga uchradi, "Manchester Siti"ni esa yarim finalda "Real Madrid" kutib turibdi

Evropa CHempionlar Ligasi 1/4 final javob uchrashuvi – "Bavariya" va "Man Siti" o'rtasidagi qarama-qarshilik yakunlandi.

"Bavariya" (Germaniya) – "Manchester Siti" (Angliya) 1:1

Dastlabki uchrashuv: 0:3

19 aprel, 23.59, «Alyanc-Arena»

Gollar: 0:1 – 57 Holand, 1:1 – 83, penalti Kimmix.

Bavariya – Zommer, Pavar (Stanishich, 77), Upamekano, de Ligt, Joau Kanselu (Devis, 63), Goretcka, Kimmix, Koman, Sane (Mane, 64), Musiala (Myuller, 72), SHupo-Moting (Tel, 71).

Manchester Siti – Ederson, Ake (Laport, 66), Ruben Diash, Akandji, Stounz, Gyundogan, de Bryuyne (Uoker, 88), Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Xoland (Alvares, 84).

Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (11), Upamekano (35), Ederson (44), Gyundogan (45), Kimmix (45), Ake (54), Pavar (60), Laport (86), Stanishich (88).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Siti" yarim finalga yo'l oldi va ushbu bosqichda yana "Real Madrid"ga ro'baro' keladi. 

90+2. Mane raqib darvozasi tomon zarba yo'llagach, xursandchilik kayfiyatini namoyon etdi, qolgan sheriklari esa teskari kayfiyatdagi reakciya ko'rsatdi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

83. GOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Kimmix 11 metrli nuqtadan darvoza to'rining markazidagi nuqtaga aniq zarba yo'lladi.

82. Penalti! Akanji jarima maydonida Edersonning huquqi bo'lgan harakat amalga oshirgani uchun jazolandi.

80. Manening pasidan so'ng to'p "Siti" futbolchisining qo'liga tegdi. Hakam penalti belgilashi mumkin.

75. "Bavariya" o'zi urgan golni besh sekund ham nishonlay olmadi. Hakam darhol ofsayd qayd etilganini malum qildi. 

74. Tel bir aylanib olib, to'p bilan raqiblaridan o'tib ketmoqchi edi. Tel faqat bir aylanib olishni uddaladi.

71. "Bavariya" yana ikki o'zgarishni amalga oshirdi.

63. "Bavariya"da o'zgarish: Sane o'rniga unga "qadrdon" Mane tushirildi. SHuningdek, Devis Kanseluga dam olish imkoniyatini taqdim etdi.

61. De Bryyunening jarimadan uzatmasi bartaraf etildi.

57. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Holand Upamekanoni erga o'tqazib qo'yib, nemislarning qovoqlarini uyadigan zarba yo'llab, hisobni ochdi.


55. Zommer Holandning zarbalaridan cho'chimay qo'ydi.

54. Ake "okey" harakat amalga oshirmagani sababli hakam tomonidan libosi rangidagi kartochka bilan siylandi.

Fayzulla, manigacha kel, ey, manigacha kel o'lib qolsang ham.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi. Telefonimga shu payt bildirishnoma kelib qoldi. Feysbukdan chiroyli rasmga ega profil do'stlik taklifini yuboribdi. Yo'q, men tanishuvni emas, futbolni tanlayman.

Oliver aka, Ayfonda bitta selfi qilaylik.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Hakam razbor qilgan futbolchilarni tinchlantiradigan kartochka bilan siyladi.

44. Biroz avval maqtovimni eshitgan Ederson shirin xayollar og'ushida to'pni o'yinga kiritishni unutib qo'ydi va hakam tomonidan ogohlantirildi. O'yin tugaguncha maqtamay turaman endi uni, chunki qizil kartochka olishini istamayman.

42. Komanning zarbasidan so'ng Ederson Myuxenga faqat muzqaymoq egani kelmaganini isbotladi.

37. Holand 11 metrli nuqtadan narx-navoning oshish tezligida zarba yo'llab, darvoza ortida turgan "Bavariya" muxlisiga to'pni sovg'a qildi.

35. "Bavariya" darvozasiga penalti belgilandi. Upamekano darvozasi tomon yo'llangan zarbada himoyachi ekanligini unutib qo'ydi.

33. Grilish qarama-qarshi qanot chetida zerikib turgan yon hakamga uzatma amalga oshirdi.

29. Musiala yiqitildi. Hakam esa ko'zingga qarab yur ishorasini qildi.

24. Goreckaning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi osmonda parvoz qilayotgan birorta samolyotni urib tushirmagan bo'lsa bo'lgani degan qo'rquvdaman.

21. Sanening jarimadan yo'llagan zarbasi Edersonning quchog'iga borib tushdi.

18. Upamekano Holandni to'xatib qolgani uchun dastlab hakam tomonidan chetlatildi, so'ngra VAR ofsayd holatini elon qilgach, Andijon polkasiga raqs tushib yubordi.

17. Mane maydonda bo'lganda, Sanening raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdagi harakati uchun kiyinish xonasidagi ishini takrorlardi ehtimol.

15. De Bryuynening uzatmasidan so'ng Zommer Gyundoganning oyoqlari ostidagi to'pni yulib oldi.

10. Gorecka va Holand maydon markazida kurash tushishdi. Hakam esa yana bir yana shu harakatni takrorlasanglar, kurashni kiyinish xonasida davom ettirasanlar deb qo'ydi.

Ispan mutaxassisining darajasiga chiqish uchun juda katta malaka hamda fikrlash talab etiladi. Unga havas qilaman, lekin uylangunimga qadar Pepning soch turmagida bo'lishni istamayman.

5. Ruben Diash Komanning oyog'ini bosib olgan so'ng francuzning o'rniga maydondan sapchib chiqqan maysa yig'lab yubordi.

2. Kanseluning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng "Manchester Siti" futbolchisining elkasi tilga kirib, so'kinib yuborgan bo'lsa kerak.

1. Dastlab men o'tirgan xonadan tashqarida kimdir ikki ko'rsatkich barmog'ini labiga qo'ygancha qattiq hushtak chaldi. So'ngra uchrashuv bosh hakami qo'lidagi buyum bilan bu ishni takrorladi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.


Kechagina oqshomlari oy to'lin nur sochar edi...


Bugungi uchrashuv g'olibi yarim finalda "Real Madrid" bilan to'qnash keladi.


Aytgancha, bugun mezbonlar qizil, mehmonlar esa och yashil rangli liboslarda harakat qilishadi.


Mixael Ballakni tanidingizmi?

Maktabida oq ko'ylak kiymagan futbolchilar stadionga shu libosda kirib kelishmoqda. Siz bo'lsangiz, dazmol ushlashga erinasiz.

Mana bu timsolni ko'rib, yaqinda Qashqadaryoda bo'lgan bir voqea yodimga tushib ketdi.


Assalomu alaykum, qadrli futbolsevar muxlislar va muxlisalar! Bugun Myunxenda 18+ uchrashuv guvohiga aylanamiz. Yo'q, siz o'ylagan manoda emas, balki dramatik o'yinni birgalikda kuzatamiz. Bugun ikkala jamoa ham, ayniqsa, mezbonlar dastlabki o'yindagi mag'lubiyat alamini olish uchun borini berib maydonga tushadi. SHu bois, ochiq futboldan lazzatlanamiz. Emociyaga boy muxlislarga yaqin atrofida darz ketadigan narsalarni oldindan yashirib qo'yishlarini so'rab qolardim. Mening ham yonimda stakan turibdi, biroq og'iz yopar payti suvsiz qolishni istamayman. Qolaversa, ikkala jamoaga ham muxlis emasman. Nima bo'lgan taqdirda ham, yarim tun avvalida uyqularni qochirib, uchrashuv muhitidan bahramand bo'lish uchun toza havodan to'yib nafas olamiz. Men ham biroz avval shu usulni yo'l-yo'lakay sinab ko'rgandim, biroq taksi yaqinda zapravkadan chiqqanini sezib qoldim. Nima bo'lgan taqdirda ham, uxlab qolmang, havo sovuq bo'lsa-da, mazkur bellashuv harorati yuqori bo'lishiga shubha yo'q.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика