So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  83 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

ECHL. Vaziyatlaridan unumli foydalangan "Bavariya" "Barselona"ni engdi Yangiliklar

ECHL. Vaziyatlaridan unumli foydalangan "Bavariya" "Barselona"ni engdi

Evropa chempionlar ligasi 2-turidan o'rin olgan "Bavariya" - "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Bavariya" – "Barselona" 2:0
"Alyanc-Arena" stadioni
Gollar
: 1:0 – 50 Ernandes, 2:0 – 54 Sane.

"Bavariya" – Noyer, Pavar (Mazraui, 21), Ernandes, Upamekano, Devis, Zabitcer (Goretcka, 46), Kimmix, Myuller, Mane (Gnabri, 70), Sane (Tel, 80), Musiala (Gravenberx, 80).

"Barselona" – ter Stegen, Kunde, Kristensen (Erik Garsiya, 70), Arauxo, Alonso, Buskets (Kessie, 80), Pedri, Gavi (de Yong, 61), Levandovski, Dembele (Fati, 80), Rafinya (Ferran Torres, 61).

Ogohlantirishlar: Zabitcer (19), Buskets (48), Kimmix (74).


Bayern Munich

Lucas Hernandez - 50', Leroy Sane - 54'

Champions League Grp. C . 2-tur

14/09/2022, 00:00

0
:
2
Tugadi

Barcelona

Stadion: Allianz Arena, 75000 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
19'  Marcel Sabitzer
21'  Benjamin Pavard (Noussair Mazraoui)
46'  Marcel Sabitzer (Leon Goretzka)
50'  Lucas Hernandez
50'  Joshua Kimmich
54'  Leroy Sane
54'  Jamal Musiala
70'  Sadio Mane (Serge Gnabry)
74'  Joshua Kimmich
80'  Leroy Sane (Mathys Tel)
80'  Jamal Musiala (Ryan Gravenberch)
48'  Sergio Busquets
61'  Gavi (Frenkie de Jong)
61'  Raphinha (Ferran Torres)
70'  Andreas Christensen (Eric Garcia)
80'  Ousmane Dembele (Ansu Fati)
80'  Sergio Busquets (Franck Kessie)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi. "Barselona" bu safar ham "Bavariya"ni enga olmadi. "Barsa" tanaffusdan keyin birinchi bo'limdagidek o'yin ko'rsata olmadi.  

90+3-daqiqa. Bu safar Kimmix Levandovski gol urishiga yo'l qo'ymadi. Bugun Robertning kuni emas ekan.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. Bugun tug'ilgan kuni bo'lgan Myuller hujumda fol ishlatdi deb topildi. 

83-daqiqa. "Bavariya" shunchaki to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

80-daqiqa. O'zgarishDembele va Buskets o'rniga Fati hamda Kesse.  

80-daqiqa. O'zgarishlarSane va Musiala ketdi, Til hamda Gravenberx maydonga tushirildi.  

79-daqiqa. Robertning o'zi zarbani amalga oshirdi, ammo to'p "jonli devorda"gi Upamekanoga tegdi.  

78-daqiqa. Ernandes Levandovskini maydonga qulatdi. Jarima zarbasi.

77-daqiqa. Robertga himoyachilar imkon berishmadi, stadion esa bu vaziyatni olqishlar bilan qarshi oldi.  

74-daqiqa. Ogohlantirish! Yozua Kimmix de Yongni futbolkasiga qo'shib tortib, ushlab qoldi, qo'yvormadi va sariq kartochka ishlab oldi.  

73-daqiqa. Alfonso Devis imkoniyatdan foydalanib texnikasini ko'z-ko'z qilmoqda. 

72-daqiqa. Leon Gorecka markazda Busketsga nisbatan qoidani buzdi.  

O'zgarish! Andreas Kristensen o'rniga Erik Garsiya.

70-daqiqa. O'zgarish! Sadio Mane o'rnini Serj Gnabriga bo'shatib berdi. 

68-daqiqa. "Barselona futbolchilari qanchalik urinmasin, oxirgi vaziyatni amalga oshirishga imkon topa olmayapti. Upamekanoning o'yinini alohida takidlasa arziydi. 

63-daqiqa. Pedri nima qildi hozir? Bunday vaziyatdan gol urmasang boshqa omillardan xafa bo'lishning keragi yo'q. 

62-daqiqa. O'zgarishlar! Rafinya va Gavi uchun o'yin tugadi. Ferran Torres va de Yong o'yinga qo'shildi.  

60-daqiqa. Hisobni o'zi uchun qulay ko'rinishga aylantirib olgan nemislar tobora "ochilib" borayotgandek.  

59-daqiqa. "Bavariya" ketma-ket ikkita burchak zarbasini amalga oshirdi, bu safar ispanlar raqib gol urishiga imkon bermadi.  

57-daqiqa. Biroz karaxt ahvoldagi "Barselona"ning hujumi Rafinyaning tushunarsiz uzatmasi tufayli uzilib qoldi. 

55-daqiqa. GOOOOOL! Hisob o'zagrdi. Bu safar Sane katta sahnaga chiqdi va oradagi farqni ikkitaga oshirdi.  

51-daqiqa. GOOOOOL! Luka Ernandes burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llab, hisobni ochdi. 

50-daqiqa. Goreckadan kuchli zarba va ter SHtegendan zo'r seyv.

47-daqiqa. "Barselona" pressing uyushtirmoqda. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Ushbu daqiqada to'p asosan markazga yaqin hududda "aylanib yurdi" va hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus!

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Leroy Sane tezlikda qanotdan jarima maydonchasi tomon oshiqdi, ammo oxiri nima qilishini bilmay, to'p bilan maydondan chiqib ketdi.   

42-daqiqa. Qanaqasiga? Dembelening uzatmasidan keyin Robert bemalol darvozaga qarab olib, bo'sh burchakni nishonga olishi mumkin edi, biroq Levandovski shunchalik cho'zib yubordiki, ortidan kelayotgan Mazraui halaqit qilishga ulgurdi.    

40-daqiqa. "Bavariya" futbolchilari to'pni kim darvozaga yo'llashini hal qila olmay qolishdi.   

38-daqiqa. Avvaliga Usmon Dembele Manega qarshi himoyalanishda Kundega muvaffaqiyatli yordam berdi, keyin esa Pedri sovuqqonlik bilan jamoasi pressingdan chiqib ketishini taminladi.     

Markos Alonso ko'p cho'zmay, Dayotga javob berdi. 

36-daqiqa. Bosim ostida qolgan Upamekano to'pni raqibga sovg'a qildi.  

34-daqiqa. Dembele ikki marta raqiblarini aldayman deb, to'pni oldirib qo'ydi.  

31-daqiqa. Mehmonlar to'pni nazorat qilishmoqda.  

29-daqiqa. "Barselona"ning tezkor qarshi hujumi o'ta xavfli tus olishi mumkin edi, lekin Robert Levandovskining oxirgi uzatmasini katta tezlikda orqaga qaytib ulgurgan Alfonso Devis qaytarib yubordi.

27-daqiqa. Hozirgina maydonga tushgan Mazraui hujumga qo'shilib, zarba berdi, aslida uzatmasi zarbaga aylanib ketdi shekilli, ammo ter SHtegen osonlik bilan to'pni egallab oldi. 

25-daqiqa. "Bavariya" bosimni kuchaytirdi. Nemislar ketma-ket hujum, jarima maydonchasiga yaqin zonada uzatmalarni amalga oshirmoqda.  

21-daqiqa. O'zgarish! Benjamin Pavar o'rniga Nussair Mazraui o'yinga qo'shildi. 

20-daqiqa. Robertda navbatdagi imkoniyat. Bu safar boshda zarba berdi polyak, lekin yana niyatiga eta olmadi. 

Biroz avval Markos Alonso bilan to'qnashib, o'ziga kelgandek ko'ringan Pavar o'yinni davom ettira olmaydigan ko'rinadi. 

19-daqiqa. Ogohlantirish! Marsel Zabicer markazda Busketsga nisbatan ishlatgan foli uchun ogohlantirildi. 

18-daqiqa. Hozirrrr... Robert Levandovski ochiqchasiga eski tanishlarini ayadi.  

16-daqiqa. "Bavariya"ning hujumlari jarima maydonchasiga yaqinlashganda uzilib qolmoqda.  

14-daqiqa. Kutilmaganda, Noyer erkin zarba bilan to'pni Levandovskiga tashlab berdi, ammo Upamekano tezda ortga qaytib, xavfni bartaraf etdi. 

13-daqiqa. "Barsa" burchak zarbasi ishlab oldi. To'p oldida Alonso. Biroq ish xavfli vaziyatgacha etib bormadi. 

11-daqiqa. Futbolchilar bugungi bahsning qadri va darajasini yaxshi tushunib turishayotganini sezish qiyin emas. Maydonning har bir qarichi uchun jiddiy kurash kechmoqda.   

9-daqiqa. Ispanlar "barselonacha" uslubda vaziyat yaratdi va eng qulay imkoniyatdagi Pedri zarba berdi, lekin Noyer ham yaxshi kiperligini eslatib qo'ydi.  

7-daqiqa. Musiala markazdan jarima maydoniga yorib kirib ketayotganida to'xtatildi.  

6-daqiqa. Markos Alonso bilan to'qnashuvdan keyin Benjamin Pavar maydonga yiqilib, yotibdi. O'yinda "pauza" yuzaga keldi. 

5-daqiqa. Maydonda mahoratli va tajribali futbolchilar bo'lishiga qaramay, har ikki jamoa ilk daqiqalarda himoyada ortiqcha "risk" qilmaslikka urinmoqda.  

3-daqiqa. Buskets fol ishlatdi. 

To'p kutilmaganda yo'qotildi va "Bavariya" uzatmadagi xato bo'lmaganida, ancha qulay imkoniyatga ega bo'lardi.  

Hech tortinmay, Germaniyadamizku demasdan, Xavi shogirdlari maydonda kim "mezbonligini" ko'rsatib qo'ymoqchidek.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi. 

Bosh hakam Serji Buskets va Manu Noyer bilan o'yinni kim boshlashi hamda boshqa masalalarni kelishib olmoqda.   

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi va CHempionlar Ligasi madhiyasi jarang sochdi. 

Yana bir necha daqiqadan so'ng, kunning, balki turning eng kutilgan bahsi start oladi. 

"Bavariya" - "Barselona"
13 sentyabr, 23.59, "Alyanc-Arena"

"Bavariya" – Noyer, Pavar, Ernandes, Upamekano, Devis, Zabitcer, Kimmix, Myuller, Mane, Sane, Musiala.

"Barselona" – ter Stegen, Kunde, Kristensen, Arauxo, Alonso, Buskets, Pedri, Gavi, Levandovski, Dembele, Rafinya.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика