So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

ECHL. Dramatik kechgan bahsda "Barselona" "Inter" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

ECHL. Dramatik kechgan bahsda "Barselona" "Inter" bilan durang o'ynadi

Teglar :  ECHLBarselonaInter
ECHLning 4-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Inter" uchrashuvi yakunlandi.

ECHL. "Barselona" - "Inter" 3:3

Gollar: Usman Dembele (Serxi Roberto) 40', Nikolo Barella (Alessandro Bastoni) 50', Lautaro Martines (Xakan CHalxanoglu) 63', Robert Levandovski 82', Robin Gosens (Lautaro Martines) 89', Robert Levandovskiy (Erik Garsiya) 90+2'

"Barselona": 1. Mark-Andre ter Stegen, 20. Serxi Roberto (19. Frank Kesse 72'), 3. Jerar Pike, 24. Erik Garsiya, 17. Markos Alonso (28. Alexandro Balde 72'), 30. Pablo Gavira (11. Ferran Torres 82'), 5. Serxio Buskets (21. Frenki de Yong 64'), 8. Pedri, 7. Usman Dembele, 9. Robert Levandovski, 22. Rafinya (10. Ansu Fati 64').

Zaxira: 26. Inyaki Penya, 36. Arnau Tenas, 18. Jordi Alba, 32. Pablo Torre.

"Inter": 24. Andre Onana, 37. Milan SHkrinyar, 6. Stefan de Vrey, 95. Alessandro Bastoni (15. Franchesko Acherbi 85'), 2. Denzel Dyumfris, 32. Federiko Dimarko (36. Matteo Darmian 66'), 23. Nikolo Barella (14. Kristyan Aslani 85'), 20. Xakan CHalxanoglu (8. Robin Gosens 76'), 22. Genrix Mxitaryan, 9. Edin Jeko (12. Raul Bellanova 76'), 10. Lautaro Martines.

Zaxira: 1. Samir Xandanovich, 5. Roberto Galyardini, 33. Danilo D'Ambrozio, 45. Valentin Karboni, 40. Nikolaos Botis, 42. Dennis Curatolo, 50. Aleksandr Stankovich.

Ogohlantirishlar: Lautaro Martines 52', Stefan de Vrey 65', Usman Dembele 78', Genrix Mxitaryan 85'

 Qizil kartochka: Simone Inzagi ("Inter" bosh murabbiyi) 90+7

Barcelona

Ousmane Dembele - 40', Robert Lewandowski - 82', Robert Lewandowski - 90'

Champions League Grp. C . 4-tur

13/10/2022, 00:00

3
:
3
Tugadi

Inter

Nicolo Barella - 50', Lautaro Martinez - 63', Robin Gosens - 89'

Stadion: Spotify Camp Nou, 92302 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
40'  Ousmane Dembele
40'  Sergi Roberto
64'  Raphinha (Ansu Fati)
64'  Sergio Busquets (Frenkie de Jong)
72'  Marcos Alonso (Alex Balde)
72'  Sergi Roberto (Franck Kessie)
78'  Ousmane Dembele
82'  Robert Lewandowski
82'  Gavi (Ferran Torres)
90'  Robert Lewandowski
90'  Eric Garcia
50'  Nicolo Barella
50'  Alessandro Bastoni
52'  Lautaro Martinez
55'  Stefan de Vrij
63'  Lautaro Martinez
63'  Hakan Calhanoglu
67'  Federico Dimarco (Matteo Darmian)
76'  Hakan Calhanoglu (Robin Gosens)
76'  Edin Dzeko (Raoul Bellanova)
84'  Henrikh Mkhitaryan
85'  Nicolo Barella (Kristjan Asllani)
85'  Alessandro Bastoni (Francesco Acerbi)
89'  Robin Gosens
89'  Lautaro Martinez
90'  Simone Inzaghi


90+8. O'yin yakunlandi!

90+7. "Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagega qizil kartochka ko'rsatildi!

90+5. Lautaro ter SHtegen bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, nemis darvozaboni dahshatli darajada seyv ko'rsatdi!!!

Jarima maydonchasi tashqarisidan uzatib berilgan to'pni Levandovksi boshi bilan darvozaga kiritib yubordi!

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Barsa" hisobni tenglashtirdi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

Onana to'pni maydonning ikkinchi tomoniga uzatdi, Lautaro Martines esa to'pni qabul qildi va uni Gosensga uzatdi, Robin darvozaga zarba berib, gol urdi!

89. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Inter" yana bir bor hisobda oldinga chiqib oldi!

86. Har ikki jamoa tarkibida ham qator o'zgarishlar bo'ldi.

84. Maydon "yonmoqda"!!!

Robert Levandovski jarima maydonchasi tashqarisidan turib darvoza tomon erlatib zarba berdi, to'p Bastoniga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi va darvoza to'ridan joy oldi!

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Levandovski hisobni tenglashtirdi!

75. Burchakdan uzatilgan to'pga Levandovski boshi bilan zarba berdi, to'p esa noaniq ketdi.

72. Levandovski o'ng burchakdan darvozaga zarba berdi, Onana esa ajoyib seyv ko'rsatib, to'pni urib yubordi!

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Levandovski gol urdi, biroq bu vaziyatda u o'yindan tashqari holatda qolib ketgan edi. 

68. Dembele to'pni o'ziga to'g'rilab olib, darvoza tomon zarba berdi, Onana to'pni ishonch bilan ushlab oldi.

66. "Barselona" endi qolgan vaqtda nima qiladi? Qator o'zgarishlarni amalga oshirgan jamoa natijani o'z foydasiga hal qila oladimi?

Lautaro Martines o'ziga uzatilgan to'pni qabul qilib olib jarima maydonchasiga kirdi va darvoza tomon zarba berdi, to'p avval chap, keyin o'ng ustunga tegib darvoza to'ridan joy oldi!

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! La-u-ta-ro!!!

60. Dyumfris o'ziga uzatib berilgan to'pni qabul qilib oldi va jarima maydonchasi ichida to'pni markazroqqa uzatdi, biroq bu vaziyatda kataloniyaliklar himoyachisi yaxshi harakat qildi.

58. Pedri o'zi jarima maydonchasi tomon kirib borib erlatib zarba berdi, to'pni esa Onana ushlab oldi.

56. Xakan CHalxanogluning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini ter SHtegen arang qaytarib qoldi.

Havolatib uzatib berilgan to'pni Nikolo Barella egallab oldi va darvozaga zarba berib, gol urdi!

50. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Inter" hisobni tenglashtirdi!

49. Pike tovoni bilan "Inter" darvozasi tomon zarba berdi, to'p esa to'g'ri Onananing qo'liga borib tushdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

43. "Inter" gol o'tkazib yuborgach tezlik bilan hujumga o'tishni boshladi. 

Rafinya o'ng qanotdan oldinga o'tib to'pni Robertoga uzatdi, u esa markazdagi Dembelega, francuz esa darvozaga zarba berib, gol urdi!

40. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Barsa" hisobni ochdi!

36. ZARBA! CHap qanotdan uzatilgan to'pni Rafinya darvozaga yo'lladi, biroq to'p birozgina noaniq ketdi. 

30. Serji Robertoning darvozaga yo'llagan kuchli zarbasini Onana qaytardi!

28. Xavfli vaziyat! "Inter" katta tezlikda qarshi hujumga o'tdi. Dyumfris jarima maydonchasiga kirib borib, darvoza tomon zarba berdi va ter SHtegen bu vaziyat super seyv qilib jamoasini goldan asrab qoldi!

26. Zarba berish navbati mezbonlarga: Dembelening uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Onana qaytarib yubordi.

25. Genrix Mxitaryan darvoza tomon erlatib tepgan to'pini ter Stegen ushlab oldi.

17. Xavfli vaziyat! "Inter" anchagina uzoq masofadan jarima zarbasini amalga oshirdi. Jeko o'ziga kelgan to'pni kuchli zarba bilan darvozzaga yo'lladi, to'p esa darvoza to'siniga so'ng chizig'iga tegib maydonga qaytdi.

11. Rafinyaning uzoq masofadan darvoza tomon yo'llagan to'pi rekoshet sabab maydonni tark etdi. 

9. Xavfli vaziyat! Burchakdan uzatilgan to'pga Levandovski boshi bilan zarba berdi, darvozaga kirayotgan to'pni Mxitaryan qaytarib qoldi.

8. Lautaro Martines oldinga o'tib darvoza tomon zarba berdi, biroq ushbu vaziyatda hujumchi voqealar rivojidan ilgarilab ketgan deb topildi.

4. Dastlabki zarba ham mehmonlardan bo'ldi. Burchakdan uzatilgan to'pni "Inter" futbolchisi boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p esa noaniq ketdi.

2. Uchrashuv milanliklar to'p nazorati hamda kataloniyaliklarning pressingi bilan boshlandi.

1. O'yin boshlandi!

Stadion uzra ECHL madhiya yangradi. O'yinga barcha narsa shay!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

"Kamp Nou"da "Barselona" jamoasining madhiyasi yangramoqda.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика