So’nggi yangiliklar

18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  0 18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  1 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  1 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  37 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  5 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6

ECHL. "Barselona" oson o'tmagan o'yinda Kievning "Dinamo" jamoasini mag'lub etdi Yangiliklar

ECHL. "Barselona" oson o'tmagan o'yinda Kievning "Dinamo" jamoasini mag'lub etdi

ECHL 3-tur doirasida "Barselona" va Kievning "Dinamo" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

"Barselona" - "Dinamo" (Kiev) 2:1 

Gollar: Lionel Messi (5, p), Jerar Pike (65) - Cigankov (75)

"Barselona": ter SHtegen, Alba, Pike, Dest, Pyanich, de Yong, Pedri, Buskets, Fati, Grizmann, Messi.

"Dinamo" (Kiev): Nesheret, Zabarnyy, SHabanov, Kendzera, Popov, SHepelev, Andrievskiy, Cigankov, Buyalskiy, Rodrigesh, Supryaga.


Barcelona

Lionel Messi - 5', Gerard Pique - 65'

Champions League Grp. G . 3-tur

05/11/2020, 01:00

1
:
2
Tugadi

Dynamo Kyiv

Viktor Tsigankov - 75'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
5'  Lionel Messi
60'  Miralem Pjanic (Sergi Roberto)
60'  Antoine Griezmann (Ousmane Dembele)
65'  Gerard Pique
65'  Ansu Fati
74'  Sergio Busquets (Clement Lenglet)
74'  Ansu Fati (Trincao)
83'  Pedri (Carles Alena)
70'  Vitaliy Buyalskyi
71'  Vladyslav Supriaga (Benjamin Verbic)
71'  Gerson Rodrigues (Carlos De Pena)
75'  Viktor Tsigankov
75'  Benjamin Verbic
86'  Vitaliy Buyalskyi (Bogdan Lednev)


O'YIN YAKUNLANDI


90. Hakam ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi.

88. "Dinamo" hisobni tenglashtirish uchun oldinga intilmoqda va to'pga egalik qilmoqda.

83. "Barsa" yarim himoyachisi Pedri maydonni tark etdi, uning o'rniga Karles Alenya tushirildi.

80. Nesheret!!! Dembele bu safar uzoqdan zarba berib ko'rdi, ammo kievliklar posboni seyv ijro etdi.

75. GOOOL! Cigankov hisobni qisqartirdi. Raqibning zarbasidan so'ng ter SHtegen to'pni noqulay tarzda qaytardi va Cigankov bu vaziyatdan foydalandi.

74. "Barsa"da o'zgarish: Langle Busketsni almashtirdi.

70. "Dinamo" futbolchisi Buyalskiy Busketsga nisbatan qoidani buzgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

67. Yana "Dinamo" futbolchisi birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo Cigankovning zarbasini Mark-Andre qaytardi.

65. GOOOOOL! Pike hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi, u Fatining pasidan so'ng jarima maydoncha ichidan boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi.

64. Yana va yana Nesheret. Bu safar Roberto boshi bilan "Dinamo" darvozasi tomon zarba berib ko'rgandi.

60. "Barsa"da bir yo'la ikki o'zgarish: Roberto - Pyanich, Dembele - Grizmann.

58. Neshreeeeeet! U Messining ajoyib "to'qqizlik" zarbasini qaytarib qoldi.

57. Jarima maydonchasi yaqinida standart vaziyat yuzaga keldi. To'p oldida Leo Messi.

53. Ter SHtegen yana birga-bir vaziyatda "Barselona"ni goldan qutqarmoqda, bu safar Supryaga vaziyatdan foydalana olmadi.

52. Temp baland emas. "Barsa" o'yinga bor kuchini bermayapti, ammo to'pga egalik qilmoqda.

47. "Dinamo" hisobni tenglashtirgan edi. Ammo, burchak zarbasidan oshirilgan to'p maydonni havoda tark etib, so'ngra mehmonlar o'yinchisiga kelib tushgandi.

46. Ter SHtegen! Cigankov "Barselona" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketgandi, ammo posbon ajoyib seyv ijro etdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI


45. Hakam birinchi bo'limga vaqt qo'shib bermadi.

42. Yana Nesheret! U jarima maydonchasi ichidan Pedrining zarbasini qaytarib yubordi.

40. Ha, o'yin tempi biroz pasaydi, "Barsa" raqibga o'ynashga bermoqda.

35. Xavfli vaziyat! "Dinamo" futbolchisi "Barsa" darvozasi tomon to'pni jarima maydonchasi ichidan zarba yo'lladi, ammo ter SHtegen ajoyib seyv ijro etdi.

34. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik ham kutilganidek "Barsa"da: 67% - 33%

28. Kievliklar ham sal bo'lsa ham himoyadan chiqib hujumlar uyushtirishga urinishmoqda.

23. Zarbalar bo'yicha "Barsa" yaqqol ustun: 8-0

18. Nesheretdan navbatdagi seyv. U bu safar Leoning ajoyib zarbasini qaytarib qoldi.

14. Fati! Ispaniyalik futbolchi jarima maydonchasi ichida raqiblarini aldab zarba bergandi, ammo kievliklar posboni Nesheret to'pni qaytardi.

10. "Barselona" bugun yirik hisobda g'alaba qozonadiganga o'xshamoqda, ammo bu futbol. Vaziyat har qanday vaziyatda o'zgarib ketishi mumkin.

7. Grizmann!! Fatining ajoyib pasidan so'ng Antuan qulay imkoniyatdan gol ura olmadi.

7Kataloniyaliklar ikkinchi golni urishlari mumkin edi, to'p to'singa tegib qaytdi.

5. GOOOOOLLL! Leo Messi 11 metrli nuqtadan gol urdi!

5. Penalti! Messini mehmonlar qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi.

4. Zarba!!! Ansu Fati qanotdan bir futbolchini aldab kirib borib, Grizmannga to'pni oshirgan edi, ammo franciyalik futbolchining zarbasini kievliklar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

1. O'yin boshlandi!

- Barchaga salom! Tez orada Evropa CHempionlar Ligasi 3-tur doirasidagi "Barselona" - "Dinamo" o'yini boshlanadi va bu bahsni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика