So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  4 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  11 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  1 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  1 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  12 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  13 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

ECHL. "Barselona" revansh ololmadi, "Bavariya" yirik hisobda g'alaba qozondi Yangiliklar

ECHL. "Barselona" revansh ololmadi, "Bavariya" yirik hisobda g'alaba qozondi

CHempionalar ligasi "E" guruhining 1-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

"Barselona" — "Bavariya" 0:3

Gollar: Myuller (34), Levandovski (56, 85).

Barselona – ter Stegen, Arauxo, Pike, Erik Garsiya (Mingesa, 66), Serdji Roberto (Demir, 59), de Yong, Pedri, Buskets, Alba (Balde, 74), de Yong (Koutino, 67), Depay.

Bavariya – Noyer, Pavar (Ernandes, 66), Upamekano, Zyule (Stanishich, 82), Devis, Sane (Koman, 82), Myuller (Zabitcer, 82), Musiala (Gnabri, 70), Goretcka, Kimmix, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Kimmix (5), Upamekano (78), Gavi (82).


Yangilash

Uchrashuv yakunlandi! "Barselona" revansh ololmadi, "nemis mashinasi" esa olg'a yurishda davom etadi.

90. Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Bavariya" to'rtinchi golni ham urishi mumkin edi. Burchakdan uzatilgan to'pga sekin zarba berildi.

85. Markazdan xotirjam hujum boshlagan myunxenliklar Gnabrini qulay vaziyatga chiqardi. Uning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Robert esa 2-goldagi scenariyni qayta ijro etib berdi.

85. Goooool!!! Levandovski! 0:3!

82. Zabitcer–Myuller, Stanishich–Zyule, Koman–Sane rakerovkasi amalga oshirildi.

82. Gavi ogohlantirildi.

82. O'yin tempi ancha pasaydi.

79. Hozirgi natijadan kim ko'proq xafa bo'lishi mumkin: "Barselona"ga yordam berolmayotgan Messimi yoki uni olib qololmagan "ko'k-anorranglilar" rahbariyati?

77. "Barselona"da himoyada xato qilishi mumkin edi. Arauxo "borey" deya to'ni tepib yubordi.

73. Alba jarohat olgan ko'rinadi. Uning o'rniga Balde qo'shildi.

72. Koutino "2:8 hikoyasida" "Bavariya" tarkibida maydonga tushgandi.

70. Mehmonlarda o'zgarish. Musiala o'z joyini Gnabriga bo'shatib berdi.

66. "Bavariya"da Pavar o'rniga Luka Ernandes qo'shildi. Mezbonlardan esa Mingesa Erik Garsiya o'rniga maydonga tushdi. SHuningdek, Koutino Lyuk de Yong o'rniga qo'shildi.

64. Goreckaga nisbatan qoida buzildi.

61. Kataloniyaliklar tarkibi yoshardi. Xo'sh, ular natijaga tasir ko'rsata olarmikan.

59. "Barselona"da o'zgarish. Buskets o'rniga Gabi, Roberto o'rniga Yusuf Demir maydonga tushdi.

To'p Musialaning oyog'iga qulay tarzda o'rnashdi, uning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi hamda to'g'ri Robertning oyoqlari ostiga keldi. Forvard esa nima qilishni yaxshi biladi.


56. Goooool!!! Levandovski gol urmasa, hisobmas!

54. "Barselona" qachon futbol o'ynashni boshlaydi yoki ushbu hisobdan rozimikan jamoa?

52. Sane! Levandovski bilan kombinaciyadan so'ng yaqin masofadan vatandoshini xafa qilmoqchi edi, Ter SHtegen ajoyib harakat qildi.

49. Zarba! Buskets markazdan kuchli zarba bergandi, Myuller to'pni qanday tepishdan tashqari qanday qaytarishdan ham saboq berdi.

48. "Bavariya" pressing uyushtirib, to'pni olib qo'ydi. Myuller birinchi taymdagi zarbasini takrorladi, biroq Pike to'pni o'zidan o'tkazmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim statistikasi

To'pga egalik qilish — 50-50

Aniq zarbalar — 0-3

Noaniq zarbalar — 2-0

Burchak zarbasi — 1-0

Ofsayd — 1-2

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Uchrashuvga bosh hakam biror daqiqa qo'shib bermadi.

44. Musiala qanotdan tezlashib, avval raqibini aldadi, keyin esa o'zini.

42. Alba yana qanotda faol, u uzatgan to'pni raqib himoyachilari bartaraf etishdi.

38. Nihoyat mezbonlar hujum tashkil qildi, biroq qanotdan uzatilgan to'pga De Yongning bo'yi kaltalik qildi.

36. Sane raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmaganini aytdi.

Markazdan qulay vaziyatga chiqqan nemis futbolchisi darvoza tomon zarba berdi. To'p yo'l-yo'lakay raqib himoyachisiga tegib, posbonni chalg'itdi hamda darvozaba to'ridan o'rin oldi.

34. Goooool!!! Myuller!!! 0:1.

31. "Bavariya" xavfli hujum tashkil etdi. Yana Sanedan faollik, biroq hujumda ofsayd deb topildi.

30. Messi rolini bajarishi kutilayotgan Depay hozircha "bekinmachoq" o'ynayapti.

28. Endi "Barselona"dan javob. Arauxo jarimadan uzatilgan to'pni Noyer darvozasiga joylab qo'ymoqchi edi, biroq to'p yuqoridan o'tib ketdi.

27. Musialadan xavfli zarba! Hisob ochilishi mumkin edi, himoyachilar darvozabon joniga oro kirdi.

24. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich — 45 ga 55.

22. Mehmonlar, asosan, o'ng qanotdan hujumlarni tashkil qilmoqda. Bugun Alba rosa ter to'kishiga to'g'ri keladi.

20. "Bavariya" hujumlarni kuchaytirmoqda.

19. Sanedan xavfli zarba! Ter SHtegen to'pni qaytardi. Sane raqiblarni yurak hovuchlashga majbur etyapti.

15. "Barsa"dan xavfli hujum. Alba chap qanotdan o'z uslubida to'p uzatdi, biroq Serxio Roberto Messi bo'lolmadi.

14. Goreckadan zarba, kuchsiz chiqdi. Ter SHtegen to'pni ushlab oldi.

10. Levandovski raqib jarima maydoni ichida yiqildi, ammo hakam qoidani polshalik forvard buzganini takidladi.

8. "Barselona" jarima maydoni tashqarisida o'yin qoidasini buzdi. Sanening jarima zarbasi jonli devordan nariga o'tmadi.

6. Mezbonlar burchak to'pi ishlab oldi.

5. Ogohlantirish. Kimmix "Barselona"ning tezkor hujumini to'xtatib qolgani uchun jazolandi.

4. To'p uchun kurash, asosan, maydon markazida kechmoqda.

2. "Barselona"ning ilk hujumi ko'ngildagidek chiqmadi.

1. Dastlabki daqiqalardan keskin kurash boshlandi.

1. Uchrashuv boshlandi! Mehmonlar o'yinni boshlab berishdi.

Odatda, ushbu qarama-qarshilik gollarga boy bo'ladi. Xo'sh, bugun ham gollardan zavqlanarkanmizmi...

Uchrashuvni Maykl Oliver boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Styuart Bert hamda Saymon Bennett yordam beradi. To'rtinchi hakam sifatida Darren Inglend ishlaydi.

Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarni o'tamoqda.

Bugungi uchrashuvni ekran qarshisida millionlab tomoshabinlar kuzatishmoqda. Ular orasida PSJ hujumchisi Lionel Messi ham bo'lsa, ajabmas.

Jamoalarning asosiy tarkibi elon qilindi.


Uchrashuv prevyusi

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Barselona" "Bavariya"ni o'z maydonida qabul qiladi. Mazkur o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика