ECHL. "Atletiko" - "Barselona". Prevyu
09 apr 2014 17:54
Yangiliklar


ECHL. "Atletiko" - "Barselona". Prevyu
Kataloniyada kechgan bahsda g'olib nomi aniqlanmagandi. Lekin "Atletiko" mehmonda kiritgan gol ularga ozmi-ko'pmi yordam berishi mumkin. CHempionlar ligasida mehmonda kiritilgan golning qadri baland hisoblanadi. Lekin madriddagi uchrashuvda "Barselona" gol kiritsa, bu ustunlik o'z-o'zidan Xerardo Martino jamoasiga tarafiga o'tadi. Diego Simeone jamoasi asosan o'yinni ehtiyotkorlik bilan olib borishadi. "Barselona"ga bu o'yinda ulardagi katta tajriba qo'l kelishi mumkin. Har ikkala jamoalar tarkibida ham yo'qotishlar mavjud. Bu albatta ularni vazifalarini birmuncha qiyinlashtirib qo'yishi tabiiy.
CHempionlar ligasining ushbu bosqichida har qanday jamoa istalgan raqibni engib qo'yishi mumkin. CHempionlar ligasi chorak finalida shunchaki "chiqib qolgan" jamoalar o'ynashmaydi. Bu ikkala jamoa haqida esa ortiqsa so'z yoki fikr bildirib o'tish ham shart emas. Jamoalardagi vaziyat esa deyarli bir xil holatda. Ushbu to'qnashuvda nomi jihatdan "Barselona" ustunroq ko'rinishi mumkin. Lekin bu aldamchi holat. "Atletiko" ushbu mavsumda o'z raqiblaridan qo'p omillar tufayli ayni paytda nisbatan kuchliroq. Ispaniya chempionatida ham "Atletiko" "Barselona"dan tepada va haqli ravishda peshqadamlik qilishmoqda. Hozirgacha bo'lgan o'yinlarda "Barselona" Diego Simeone jamoasini mag'lub eta olganicha yo'q. Agarda statistika va asoslarga tayanadigan bo'lsak, bugungi o'yinda "Atletiko" har qanday jihat bo'yicha kataloniyaliklardan kuchliroq ko'rinmoqda. Lekin bu futbol. Bu CHempionlar ligasi. Ispaniya chempionati boshqa musoboqa. CHempionlar ligasi esa umuman o'zga olam. Javob o'yini muxlislarni katta hayajonda ushlab tura oladi. O'yin so'nggigacha kechagi bahslarda bo'lgani kabi g'olib nomi aniqlanmay turishi mumkin. Bu katta bahs. Yuqori saviyadagi musoboqa.
Xerardo Martino nihoyat ushbu o'yinda Simeoneni mag'lub etish choralarini ko'rib chiqadi. Diego Simeone esa mavsum davomida ko'rsatilayotgan natija va ko'rsatkichlar o'z-o'zidan kelmayotganini yana bir bor isbotlashi talab etiladi. Bunday o'yinlarda avvalgi o'yindagi ustunlik evaziga g'oliblikni saqlab qolishni o'ylash bu katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini "Atletiko" jamoasi yaxshi biladi. "Barselona" klubi bugun har qanday vaziyatda oldinga olg'a borishlari talab etiladi.
Pike bugungi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur
Demak bugun futbol bayrami davom etadi. Bu o'yinda faqat bir tomonni g'alaba qilishini taxmin qilish oson. Bu futbol ishqibozlari. CHempionlar ligasi o'yinlarida ular har doim g'alaba qilishadi. Ularga qaysi jamoa sherig bo'lishini esa tunda bilib olamiz!
Viktor Valdes ham bugun tomoshabin sifatida o'yinni kuzatadi
Diego Kosta ham bugungi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
ECHL, chorak final. Javob o'yini.
"Atletiko" - "Barselona" (23:45 "Sport", "NTV-PLYUS Futbol2")
"Visente Kalderon" stadioni.
Taxminiy tarkiblar:
"Atletiko": Kurtua, Diego Godin, Xuanfran, Miranda, Luis Felipe, Kristian Rodriges, Gabi Fernandez, Tiagu Mendesh, Koke, Raul Garsiya, Villa.
"Barselona": Pinto, Maskerano, Bartra, Alba, Alvesh, Buskets, Fabregas, Xavi, Inesta, Messi, Neymar.
(Dastlabki o'yin: "Barselona" - "Atletiko" 1:1)
CHempionlar ligasini kuzatishda davom eting va haqiqiy futboldan zavq oling!
SHahboz Beg'amov

Fikrlar