So’nggi yangiliklar

08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  0 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  10 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  5 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  10

ECHL. "Atalanta" chorak finalda to'xtadi. PSJdan dahshatli kambek! Yangiliklar

ECHL. "Atalanta" chorak finalda to'xtadi. PSJdan dahshatli kambek!

Evropa CHempionlar Ligasi chorak finalidan o'rin olgan "Atalanta" va PSJ o'rtasidagi dastlabki bahs matnli translyaciyasini shu erda kuzatib bordingiz.


Atalanta – PSJ 1:2 

Gollar: 1:0 – 26 Pashalich, 1:1 – 90 Markinos, 1:2 – 90 SHupo-Moting.

«Eshtadiu da Lush»

Atalanta – Sportello, Gozens (Kastan, 82), Toloi, Kaldara, Xatebur, Gomes (Malinovskiy, 59), de Ron, Pashalich (Muriel, 70), Froyler, Gimshiti (Palomino, 60), Sapata (Da Riva, 82).

PSJ – Navas (Riko, 79), Kerer, Markinos, Tiago Silva, Bernat, Guye (Paredes, 72), Errera (Draksler, 72), Sarabiya (Mbappe, 60), Kimpembe, Neymar, Ikardi (SHupo-Moting, 79).

Ogohlantirishlar: Gimshiti (37), Froyler (45), de Ron (50), Sapata (53), Bernat (54), Errera (57), Toloi (67), Paredes (75), Palomino (85).


O'yin yakunlandi. PSJ fantastik o'yindan keyin yarim finalga chiqdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+3. GOOOOOOOOOOOL! SHunchaki dahshat! SHupo-Moting!!!! 1:2!

O'yinga 5 daqiqa qo'shildi.

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Markinos gol urib, hisobni tenglashtirdi - 1:1! 

88. Froyler jarohat olib maydonda yotibdi, unga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko'rsatiladi. 

86. Zarba! Drakslerning burchak zarbasidan uzatgan to'pi SHupo-Motingning bosh bilan yo'llagan noaniq zarbasi bilan yakun topdi.  

85. Yana bir sariq. BU safar Palomino Mbappeni yiqitgani uchun jazolandi. 

84. O'yin shu qadar tez davom etyaptiki, u-bu narsa yozishga ulgurib bo'lmayapti. 

82. "Atalanta"da 2 ta o'zgarish: Gozens o'rniga Kastan, Sapata o'rniga da Riva tushirildi. 

81. Uuuuxx! Mbappening zarbasi! Uning zarbasi rikoshetdan keyin maydonni tark etdi. 

79. PSJda 2 ta o'zgarish: Ikardi o'rniga SHupo-Moting, Navas o'rniga Riko tushdi. Keylor Navas o'yinni oxirigacha davom ettira olmadi. 

79. O'yin qizigandan qizidi, qaltis vaziyatlar ham ko'paydi. 

77. Neymardan yaxshi zarba, biroq darvozabon Sportello o'z o'rnida! 

75. Paredes o'yinga tushiboq o'in qoidasini buzdi va sariq kartochka oldi. 

75. Navas o'yinni davom ettira olishini malum qildi

74. Uuux! Mbappe tezlik bilan ichkariga kirib bordi, ammo uning yo'llagan zarbasini Sportello qaytarishga erishdi. 

72. PSJda 2 ta o'zgarish: Errera o'rniga Draksler, Guye o'rniga Paredes tushirildi.  

71. Navas jarohat olgan ko'rinadi, u maydonda yotibdi, zaxira posboni Riko tayyorgarlikni boshlab yubordi. 

70. "Atalanta"da almashtirish: Pashalich o'rniga o'yinni Muriel davom ettiradi.    

67. Mbappega nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun Toloiga ham sariq kartochka berildi. 

66. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 41% - 59%

64. Mbappe maydonga tushgach, PSJ tinimsiz hujum uyushtirmoqda. 

62. Eh, Neymar uncha uzoq masofani bosib keldi, biroq negadir Ikardiga pas bermadi.  Yaxshi hujum va vaziyat sodir bo'lishi mumkin edi. 

60. "Atalanta"da o'zgarish: Gimshiti o'rniga Palomino maydonga tushdi. 

60. PSJda almashtirish: Sarabiya o'rniga Mbappe tushirildi. 

59. "Atalanta"da o'zgarish: Gomes o'rniga Malinovskiy tushdi. 

58. Uuux! Gimshitining zarbasi! Biroq kuchli zarbaga aniqlik etishmadi. 

57. Uuux! Errera Gomesga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

56. de Ron uzoqdan zarba yo'lladi, noaniq. 

54. Bernat Pashalichni qo'pollik evaziga to'xtatdi va sariq kartochka ishlab oldi.  

54. Neymar maydon markazi orqali yazshi reyd uyushtirdi va Ikardiga pas berdi, u esa buni tushunmadi. Bugun Ikardi Neymarni umuman tushunmayapti. 

53. Kererga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun Sapataga sariq kartochka ko'rsatildi. 

51. Neymarning jarimadan yo'llagan zarbasi rikoshet orqali maydondan chiqib ketdi, burchak to'pi o'yinga kiritildi.  

50. Kechiktirilgan fol. Neymarni qoida buzgan holda to'xtatgan de Ron sariq kartochka oldi. 

49. Idrissa Guye Mario Pashalichni yiqitdi, jarima to'pi.

47. de Rondan zarba!  To'p rikoshet orqali maydonni tark etdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 1:0. Tanaffus! 

45+1. Froyler qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi. 

44. Yana Neymarga nisbatan qo'pollik ishlatildi, bu gal Kaldara uni to'xtatdi. 

43. de Ron Neymarni yiqitgani bois jarima to'pi belgilandi. 

42. Oxxxooo! Neymar??!! Neymar Xateburning xatosidan foydalana bilmadi va to'pni samoga tepdi. 

41. Uuuux! Sarabiyaning erlatib uzatgan to'pi hammadan o'tib ketdi... Yaxshi vaziyat edi.   

40. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 41% - 59%

38. Sarabiya havodan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, ammo "Atalanta" posboni Sportello to'pgi ega chiqdi.  

37. Ooox! Gimshiti Ikardiga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirish oldi.  

36. Zarba! Neymarning jarimadan tepgan to'pi darvozabon Sportelloning qo'liga kelib tushdi. 

33. Xans Xatebur sherigi Mario Pashalich bilan o'zaro devor uslubida o'ynamoqchi bo'ldi, ammo sovuqqonlik etishmadi. 

30. Mana bu narxga ko'z yugurtiring, aziz o'quvchilar! 

28. Zarba!!!! Neymarning zarbasiga ozgina noaniq ketdi, biroq juda xavfli! 

27. GOOOOOOOOOOOOLLLL! Pashalich darvoza to'qqizligiga to'pni "mixlab qo'ydi"!  1:0!

24. Neymar! Ikki kishini shunchaki terib o'tdi, ammo keyinchalik raqib himoyachilari to'pni tepib yuborishga erishdilar. 

21. Uzatma va bosh bilan "yumshoqqina" zarba, bu esa Navas uchun ortiqcha muammo emas.

20. Guye "Atalanta" sardori Gomesga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima zarbasi. 

19. Neymar deyarli birga-bir holatga chiqib bordi va g'alati holat kuzatildi, na pas, na zarba ijro etildi. 

16. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 49% - 51%

O'yin boshida Neymar qulay vaziyatdan gol urolmaganiga Mbappe hayratda 

13. Uuuuxx! Toloining bosh bilan yo'llagan zarbasi! Navas! Qoyil!  Biroq ushbu vaziyatda ofsayd qayd etildi. 

11. Zarbaaa! Xans Xatebur bo' qolib ketdi va bosh bilan zarba yo'lladi, Keylor Navas seyv namoyish etdi! 

10. Nominal mezbonlar parijliklar erkin harakat qilishlariga yo'l bermayaptilar. PSJ hatto himoyadan chiqishga ham qiynalyapti. 

8. Xatebur Bernatga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

6. Jamoalar juda faol o'yin namoyish etishmoqda. To'p u jamoadan bu jamoaga o'tib turibdi, hozircha.

4. Ana xolos! Neymar birga-bir vaziyatga chiqib borib noaniq zarba berdi. 

3. Zarba! Gomesning zarbasi! Navas o'z o'rnida!

2. Neymar maydon markazida 4 kishidan o'tib ketdi. U to'pni his qilib ko'rdi. 

1. O'yinga start berildi! 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


O'yin oldi suratlar

"Atalanta" parijliklarni turnirdan chiqarib yuboradimi yoki PSJ chempionlik yo'lida davom etadimi?  Birgalikda guvoh bo'lamiz! 

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun CHempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida "Atalanta" va PSJ o'zaro to'qnash keladi. Bahsni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика