ECHL: “Arsenal” – “Bavariya” o'yini anonsi
19 fev 2014 17:05
Yangiliklar

ECHL: “Arsenal” – “Bavariya” o'yini anonsi
Evropa chempionlar ligasining amaldagi g'olibi "Bavariya" klubi tunda Londonda "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.
CHempionlar Ligasi, 1/8 final bosqichi.
“Arsenal” – “Bavariya”
“Emireyts” stadioni.
Hakamlar: Nikola Riccoli, Andrea Stefani, Renato Faverani.
Translyaciya: (“Sport”, “NTV”, “NTV-PLYUS Futbol” 00:45)
yo'qotishlar: Arteta (diskvalifikaciya), Remzi, Uolkott, CHelstrem, Vermalen (barchasi jarohat) - Riberi, SHakiri (ikkisi jarohat).
Taxminiy tarkib:
CHempionlar Ligasi muxlislarga chiroyli bahslarni taqdim etishda davom etadi. Bugun Londonda “Arseal” – “Bavariya” to'qnashuvi bo'lib o'tadi. Bu bellashuv ko'pchilik futbol ishqibozlarini diqqat markazida bo'lib turibdi. Bunday bahslar har qanday futbolga befarq bo'lmagan insonni o'ziga jalb etadi.
CHempionlar Ligasining amaldagi g'olibi va ushbu mavsumdagi turnirni asosiy favoriti sifatida qaralayotgan “Bavariya” yana Londonga safar uyushtirmoqda. O'tgan mavsumda ikki bor bu shaharga tashrif buyurgan myunxenliklar, avvaliga “Arsenal”ni taslim etishib, g'alabalariga poydevor qo'yib ketishgan bo'lsa, so'ngra finalda “Borussiya Dortmund”ni mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrinni aynan Londonda qo'lga kiritishgan edi. Bu yili ham “Bavariya” futbolchilari, rahbarlari va muxlislarini asosiy niyati ham shunday.
Myunxenning bosh jamoasi so'nggi paytlarda raqiblarini birin-ketin tor-mor keltirib kelishmoqda. Xosep Gvardiolaning klubdagi ishlari alo darajada. Jamoa bundesligada chempionlikni deyarli naqd qilgan va asosiy etiborini ushbu nufuzli musoboqaga qaratmoqda desak yanglishmaymiz. Bu o'yin oldidan tarkibda yo'qotishlar bor. “Bavariya”liklarning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanmish Frank Riberi, SHerdan SHakiri va Xolger Badshtuber kabi futbolchilar ushbu o'yinda jamoasiga yordam bera olishmaydi. SHuningdek, “Bavariya” muxlislari yoqimtoyi Bastian SHvaynshtayger ham jarohatidan forig' bo'lgan. Ammo uni bu o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlamasligi ko'proq haqiqatga yaqinroq.
Sababi, u hali o'z sport formasini tiklash jarayonida va maydonda butun 90 daqiqa davomida harakatlana olmasligi mumkin. Lekin “Bavariya”dek jamoa uchun kadrlar masalasida muammo deyarli bo'lmasligi kerak. Bunday jamoada etarli iqtidorlar va tajribali futbolchilar bor. Pep Gvardiola kimni o'rniga kimni maydonga tushirishni yaxshi biladi. Yana shuni takidlab o'tish joizki, o'tgan mavsumda CHempionlar Ligasi 1/8 finalida aynan “Arsenal”ga qarshi kechgan javob bahsida Riberi, SHvaynshtayger kabi futbolchilar maydonga tusha olishmagandi va “Bavariya” o'sha o'yinda imkoniyatni boy bergandi. Lekin safarda kiritilgan gol evaziga “Bavariya” keyingi bosqichga yo'l olgandi.
Arsen Venger boshchiligidagi “Arsenal” jamoasi bu yili ancha kuchli futbol namoyish etishmoqda. Tarkibda yuzaga kelgan bir qator yo'qotishlarga qarmasdan, Arsen Venger jamoasini yaxshi sport formasida o'shlab turibdi. Bu mavsumda londonliklar o'tgan yilgiga nisbatan ancha kuchayishgan va jamoa o'z uyida yaxshi harakat qilmoqda. APLda ham “Arsenal” bir necha tur peshqadam bo'lib kelgandi. Ammo o'sha “Liverpul”dan qabul qilib olingan qaqshatkich mag'lubiyatdan so'ng, jamoa peshqadamlikni boshqa bir London jamoasiga topshirib qo'ydi. “Arsenal”ga bu o'yinda Mikel Arteta diskvalifikaciyasi tufayli yordam bera olmaydi. SHuningdek, yana “kanonirlar” safida jarohati tufayli Vermalen, Remzi, Diabi va Uolkot kabi futbolchilar bugun maydonga tusha olishmaydi. Londonlik ishqibozlarning umidi ko'proq Mesut O'zildan.
Ushbu futbol yulduzi “Arsenal”ga yozda ko'chib o'tgandi va Arsen Venger germaniyalik to'p ustasi yordamida o'z jamoasining o'yin sifatini yaxshilashni asosiy maqsad qilgan. Ushbu bahsda Mesut O'zil ko'p jihatdan katta bosimni engib o'tib, jamoasi g'alabasiga munosib hissa qo'shishi zarur. Mesut bundan avvalgi jamoalari “Verder”va “Real” safida ham aynan “Bavariya”ga qarshi maydonda to'p tepgan. Lekin uning jamoalari myunxenliklar qarshiligini enga olishmagan. Bu safar O'zil o'z maqsadiga erishadimi yo'qmi buni o'yindan so'ng bilib olamiz. Arsen Venger bu mavsumda jamoasi bilan nimanidir yutishni aniq maqsad qilgan. Ko'p yillardan buyon sovrinsiz qolib ketayotgan ushbu franciyalik mutaxassis uchun bu juda muhim. CHempionlar Ligasi 1/8 finalida ushbu jamoalar yana erta uchrashib qolishgani achinarli albatta. Qaysidir grand jamoa musoboqani 1/8 finaldanoq yakunlashga majbur bo'ladi.
Qiziqarli faktlar:
• “Bavariya” Angliya klublari bilan 41 marotaba to'qnash kelgan va shularning 15 tasida g'alaba, 14 durang va 12 bor mag'lub bo'lgan.
• “Bavariya” CHLda mehmondagi ketma-ket 6 uchrashuvda g'alaba qozonib kelmoqda. Agarda jamoa Londonga g'alabaga erishsa “Ayaks”ning (1995-1997) rekordini takrorlaydi.
• Londondagi uchrashuvda myunxenliklar himoyachisi Dante ogohlantirish olsa, keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi.
• Pep Gvardiola shogirdlari ushbu mavsumda CHLda 17 ta gol kiritib, o'z darvozalaridan 5 ta to'p olib chiqishgan.
• “Arsenal” jamoasi esa, 8 ta gol urib, o'z darvozasidan 5 ta gol o'tkazib yuborgan.
SHahboz Beg'amov

Fikrlar