ECHL, 5-tur. "D" guruhi. Londonda "jang" bo'ladi, Belgiyada "Galatasaray" mehmon bo'ladi
26 noy 2014 15:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/152858_original.jpg)
![](/upload/storage/152858_220.jpg)
ECHL, 5-tur. "D" guruhi. Londonda "jang" bo'ladi, Belgiyada "Galatasaray" mehmon bo'ladi
Dortmundning "Borussiya" klubi peshqadamlik qilayotgan "D" guruhida asosiy masalalar deyarli hal etib bo'lingan. Yurgen Klopp jamoasi o'tgan turdayoq o'z vazifalarini bajarib bo'lishgan. Bu turda "Borussiya D" Londonda safar uyushtiradi. Guruh etakchilari o'rtasidagi bahs qiziqarli va tomoshabop o'tishini taxmin qilish qiyin emas. Arsen Venger boshqaruvidagi "Arsenal" hali keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritgani yo'q. Agarda bugungi o'yinda g'alaba qozonilsa, "Arsenal" jamoasi pley-offga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Agarda aksincha bo'ladigan bo'lsa, unda guruhning autsayderalari o'rtasida kechadigan "jang"da g'olib chiqadigan klubda yaxshigina imkoniyatlar paydo bo'lishi mumkin. "Anderlext"ning hisobida hozircha ikki ochko mavjud va ular agarda "Galatasaray" ustidan g'alabani qo'lga kiritishsa, unda "Borussiya D"ning muvaffaqiyatidan umid qilishlari kerak bo'ladi.
"D" guruhi.
"Arsenal" - "Borussiya D" (00:45, "NTV PLYUS Futbol2")
"Emireytes stedium"
Bosh hakam: Viktor Kashshai (Vengriya)
"Anderlext" - "Galatasaray" (00:45, "Sky Sport")
"Vanden Stok".
Bosh hakam: Ivan Bebek (Xorvatiya)
4-turdan keyingi holat
# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk 1 Borussia Dortmund 4 4 0 0 13 - 1 12 12 2 Arsenal 4 2 1 1 9 - 7 2 7 3 Anderlecht 4 0 2 2 5 - 9 -4 2 4 Galatasaray 4 0 1 3 3 - 13 -10 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar