ECHL, 5-tur. "A" guruhi. "Yuventus" SHveciyaga safar uyushtiradi, "Atletiko" "Olimpiakos"ni qabul qiladi
26 noy 2014 15:05
Yangiliklar

ECHL, 5-tur. "A" guruhi. "Yuventus" SHveciyaga safar uyushtiradi, "Atletiko" "Olimpiakos"ni qabul qiladi
Bugun Evropa chempionlar ligasi 5-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
CHempionlar ligasining "A" guruhi tobora o'zining eng qiziqarli pallasiga kirib bormoqda.
Guruh favoriti Ispaniyaning "Atletiko" jamoasi "Olimpiakos"ni qabul qiladi. Bu jamoalarning Greciyada o'tgan o'yinida "Olimpiakos" raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi va uch ochko egasiga aylangandi. Bu safar Diego Simeoni jamoasi o'sha o'yin ham alamlarini olishga bel bog'lashgan. "Atletiko" agarda bu bellashuvda g'alaba qozonsa, unda diego Simeone jamoasi keyingi bosqich masalasini rasman hal etadi.
Guruhning ikkinchi o'yini SHveciyada bo'lib o'tadi. "Malmyo" klubi o'z maydonida Turinning "Yuventus" jamoasi bilan o'zaro bahs olib boradi. Massimiliano Allegri shogirdlari guruhdagi holatlarini yaxshilab olishlari uchun ularni faqat g'alaba qanotlantiradi. "Malmyo" ham hali pley-off orzusidan to'liq voz kechgani yo'q. SHveciya jamoasi o'z maydonida "Yuventus"ni taslim eta olsa, unda "Malmyo" ham keyingi bosqichga chiqish uchun o'z imkoniyatlarini saqlab qolishadi.
"A" guruhi.
"Atletiko" - "Olimpiakos" (00:45, "NTV PLYUS Sport Soyuz")
"Visente Kalderon".
Bosh hakam: Volfgang SHtark (Germaniya)
"Malmyo" - "Yuventus" (00:45, "NTV PLYUS Sport Onlayn")
"SHvedbank stedion".
Bosh hakam: Pedro Proensa (Portugaliya)
4-turdan keyingi holat

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
1 | Atletico Madrid | 4 | 3 | 0 | 1 | 10 - 3 | 7 | 9 |
2 | Olympiakos | 4 | 2 | 0 | 2 | 6 - 7 | -1 | 6 |
3 | Juventus | 4 | 2 | 0 | 2 | 5 - 4 | 1 | 6 |
4 | Malmo FF | 4 | 1 | 0 | 3 | 2 - 9 | -7 | 3 |

Fikrlar