So’nggi yangiliklar

16:00Эшитдик-да! "Пахтакор"га қарши ўйиндан сўнг Илёс Зейтуллаев истеъфога чиқарилиши мумкин. Раҳбарият ҳам ўзгаради  0 15:46Турнир тубидагилар тўқнашуви: “Сўғдиёна” Навоийда тарих ёзадими?   0 15:12"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг 100 млн евролик футболчисига қизиқмоқда  2 14:40Родриго АПЛга ўтишни рад этди  0 13:43Ана холос! Гасперини Довбикка чиқиш эшикларини кўрсатмоқда  7 13:10Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  5 12:42Лондон клуби 70 млн фунтлик трансферни амалга оширишга тайёр  1 12:26Эшитдик-да! ЦСКА клубида ўзбекистонлик мураббий иш бошлашга яқин  0 11:51"Манчестер Сити" Грилишни 50 миллион фунтга сотмоқчи, аммо...  0 11:20Турғунбоевнинг голи турнинг энг яхшиси бўлишга даъвогар  17 10:55Марк-Андре тер Стеген фаолиятини АПЛнинг ТОП клубида давом эттириши мумкин  5 10:26Нидерландия терма жамоасининг яна бир собиқ футболчиси 13 йилга қамалиши мумкин  3 09:57“Челси“ Германия терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузиши мумкин  1 09:28“Манчестер Сити“ ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 09:00Женнаро Гаттузо Италия термаси билан шартнома тузади. Унинг ёрдамчилари ким бўлиши маълум  9

ECHL 1/2 final. Imkoniyatlaridan foydalana olmagan "Lion" "nemis mashinasini" to'xtata olmadi – "Bavariya" finalda PSJ bilan to'qnashadi Yangiliklar

ECHL 1/2 final. Imkoniyatlaridan foydalana olmagan "Lion" "nemis mashinasini" to'xtata olmadi – "Bavariya" finalda PSJ bilan to'qnashadi

Ikkinchi yarim final uchrashuvi yakunlandi.

CHempionlar Ligasi
1/2 final
"Lion" – "Bavariya" 0:3
"Joze Alvalade" stadioni
Golllar
: 0:1 – 18 Gnabri, 0:2 – 33 Gnabri, 0:3 – 88 Levandovski.


"Lion" – Antoni Lopesh, Denayer, Marselo, Marsal (SHerki, 73), Dyubua (Tete, 67), Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 46), Kakre, Auar, Korne, Depay (Dembele, 58), Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 67).

"Bavariya" – Noyer, Boateng (Zyule, 46), Alaba, Kimmix, Alkantara (Tolisso, 82), Devis, Goretcka (Pavar, 82), Perishich (Koman, 63), Gnabri (Koutino, 75), Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Marselo (35), Marsal (42), Tiago Mendes (86).


Lyon

Champions League Final Stage . 1/2-tur

20/08/2020, 01:00

3
:
0
Tugadi

Bayern Munich

Serge Gnabry - 18', Serge Gnabry - 33', Robert Lewandowski - 88'

Stadion: Estadio Jose Alvalade, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
35'  Marcelo
42'  Fernando Marcal
46'  Bruno Guimaraes (Thiago Mendes)
58'  Memphis Depay (Moussa Dembele)
67'  Karl Toko Ekambi (Jeff Reine-Adelaide)
67'  Leo Dubois (Kenny Tete)
73'  Fernando Marcal (Rayan Cherki)
86'  Thiago Mendes
18'  Serge Gnabry
33'  Serge Gnabry
33'  Robert Lewandowski
46'  Jerome Boateng (Niklas Suele)
63'  Ivan Perisic (Kingsley Coman)
75'  Serge Gnabry (Philippe Coutinho)
82'  Leon Goretzka (Benjamin Pavard)
82'  Thiago Alcantara (Corentin Tolisso)
88'  Robert Lewandowski
88'  Joshua Kimmich


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Endi finalda "Bavariya" jiddiyroq raqib PSJ bilan to'qnash keladi. SHubhasiz, hal qiluvchi bahsda ham bizni qiziq voqealar kutib turibdi. Hozircha esa bugungi matnli translyaciyani yakunlab, keyingi o'yinlarda g'oyibona uchrashguncha deb qolamiz.   

90+3-daqiqa. "Lion"ning oxirgi hujumini ham Devis buzib qo'ydi va shu pallada hakamning final hushtagi chalindi. 

90+2-daqiqa. Kingsli Komandan ajoyib harakatlar va uzatma, lekin Tolissoning zarbasidan keyin to'p ancha yuqoridan o'tib ketdi. 

O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90-daqiqa. Korne o'zini aldab ketayotgan Robert Levandovskidan "alamini oldi". Himoyachi to'pga harakat qilayotganda tirsagi bilan polshalik hujumchi boshiga zarba berdi. 

88-daqiqa. GOOOOL! Kimmix uzatgan to'pni Robert Levandovski boshi bilan darvozaga yo'lladi.  

87-daqiqa. Myuller juda aqlli qaror qabul qildi va raqibiga qoida buzishdan boshqa imkon qoldirmadi. 

83-daqiqa. Ussem Auar jarima maydoni chizig'i oldidan turib zarba yo'lladi, Noyer o'z o'rnida.  

79-daqiqa. GOOOL! Koutino o'z ismini tabloga yozdirib qo'yishi mumkin edi. Biroq To'p yo'l-yo'lakay Goreckaning oyog'iga tegib kelgani va shu sababli Filippe o'yindan tashqari holatda qolgani takidlandi. 

74-daqiqa. Ussem Auar o'zida kuch topib qarshisidagi raqibini aldab, jarima maydoniga kirib ketdi va markazroqqa to'pni etkazib berishga urindi, lekin himoyadagilar to'pni uzoqlashtirishdi.  

70-daqiqa. "Bavariya" ikkinchi bo'limda imkon qadar yugurmayapti. "Lion" esa qanchalar urinmasin, Manu Noyer darvozasiga yo'l topib bo'lmayapti. 

68-daqiqa. CHap qanotdan uyushtirilgan tezkor hujumni Robert Levandovski yakunlashi kutilgandi, lekin u zarba berolmadi. 

67-daqiqa. Bugun kamida 2ta gol urishi mumkin bo'lgan, lekin birorta urolmagan Ekambi maydonni tark etdi. 

64-daqiqa. "Lion" qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi, lekin to'p oldirib qo'yildi.  

59-daqiqa. "Lion" futbolchilari ancha faol. Franciyaliklar muntazam ravishda pressing uyushtirishmoqda.  

57-daqiqa. Karl Toko-Ekambi yana qulay imkoniyatga ega bo'ldi, lekin Noyerni dog'da qoldirishni uddalay olmadi. 

55-daqiqa. "Lion" futbolchilarining hujumi dastlab burchak to'pi bilan yakunlandi. Keyingi urinishda zarbadan keyin Noyer to'pni ushlab oldi.

52-daqiqa. Ikkinchi bo'lim nisbatan sokin ruhda kechmoqda.

49-daqiqa. Ivan Perishich qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, lekin uning kuchsiz zarbasidan keyin Antoni Lopes to'pni ushlab oldi.

47-daqiqa. Kimmixning xatosidan keyin "Lion" futbolchilari qarshi hujumga o'tib ketishlari mumkin edi, lekin Karl Toko-Ekambi kalovlanib qoldi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga hakam umuman vaqt qo'shib bermaslikka qaror qildi. Tanaffus. 

44-daqiqa. "Lion" futbolchilari hujumda bir nimalar qilishga urinayotgan bo'lsada, "Bavariya" chinakam xavfli vaziyat yaratishga imkon qoldirmayapti. 

42-daqiqa. Fernando Marsal Levandovskiga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka bilan "siylandi".

36-daqiqa. "Bavariya" ancha bemalol harakat qilmoqda maydonda. 

Ketma-ket zarbalar, Lopesdan seyvdan keyin to'p Serj Gnabriga kelib tushdi va u mo'ljalda adashmadi. 

33-daqiqa. GOOOOOL! Serj Gnabridan dubl. 

31-daqiqa. Bruno to'p uchun kurashda Kimmixning oyog'iga zarba berib yubordi. 

30-daqiqa. 3-4 uzatma bilan germaniyaliklar to'pni markaziy himoyachidan markaziy hujumchiga etkazildi, lekin Levandovskini posbon qarshi oldi.

27-daqiqa. Devis qanotdan oldinga o'tdi, hamma uzatma kutganda, aldamchi harakatlardan keyin zarba berdi, to'p darvozagacha etib bormadi. Qo'shimchasiga hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.  

25-daqiqa. Flik shogirdlari to'pni nazorat qilib, o'yin tempini biroz tushirmoqchidek. 

24-daqiqa. Franciyaliklar to'pni maydon markazida olib qo'yib, qarshi hujumga o'tib ketmoqchi bo'ldi, lekin Boateng qoidani buzdi.

21-daqiqa. "Bavariya" 35 metrlar chamasi masofadan jarima zarbasi ishlab oldi. Uzatmadan keyin Myuller to'pni egallab oldi, lekin zarbani ko'ngildagidek bera olmadi. 

18-daqiqa. GOOOOOL! Serj Gnabri! O'tgan daqiqalar ichida ko'proq "Lion" futbolchilari xavfli hujum uyushtirayotgan va imkoniyatlarga ega bo'lgandi. Ammo golni "Bavariya" urib ketdi. Serj Gnabridan kuchli zarba va to'p to'qqizlikdan joy oldi.

16-daqiqa. Karl Toko-Ekambi nimalar qidi? Tezligi hisobiga to'pni oldirib qo'ygandan keyin ham imkoniyatini yo'qotmagan hujumchi ikki bor zarba berdi, lekin har ikkisida ham to'p darvozaga borishni istamadi.  

12-daqiqa. "Lion"ning tezkor futbolchilari qarshi hujumlarga zo'r chiqishmoqda. Qizig'i, to'pni oldirib qo'ygandan keyin ham "Bavariya" futbolchilari ortga qaytishga unchalik shoshilmayaptilar. Birda bo'lmasa, birda bu qimmatga tushmasmikin?

10-daqiqa. SHunaqa zarba gol bo'lganda-a? Goreckaning harakatidan keyin to'p avvalgi inerciya hisobiga oldinga ketaverdi-ketaverdi va sal qolsa darvozaga borib tushardi, lekin Lopesh bir amalladi. Yana burchak to'pi. 

8-daqiqa. Endi "Lion" burchak to'pi ishlab oldi. Hujumni yakunlash uchun oxirgi zarba etishmadi. 

7-daqiqa. Kutilganidek, "Bavariya" ko'proq to'p bilan muomala qilib, "Lion" to'pni egallab olgach, tezkor hujumga o'tishga urinadi. 

6-daqiqa. "Bavariya" futbolchilari burchak to'pini amalga oshirib berdi, lekin undan naf chiqmadi. 

4-daqiqa. DEPAAAAY! Nimalar qilyapsan Memfis. Gollandiyalik futbolchi ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, lekin oxirgi zarbaga aniqlik etishmadi.  

2-daqiqa. "Bavariya" bellashuvni boshlab, bir daqiqa davomida to'pni raqibga bermadi, lekun keyin oldirib qo'ydi va himoyachilar qoidani buzishga majbur bo'lishdi. 

O'yin boshlandi. Bugun sizlar bilan ikkinchi finalchi nomini bilib olamiz. Raqiblarini ko'rdim demayotgan "Bavariya", har safar autsayder bo'lib, yutib kelayotgan "Lion"ga qarshi. 

Asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi va musobaqa madhiyasi yangramoqda. 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика