So’nggi yangiliklar

23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги мағлубият учун барчадан узр сўрайман"  8 22:50Ўзбекистон U-17 терма жамоаси иккинчи ўйинда ҳам Чилини мағлуб қилди  14 22:05Суперлига. "Машъал" Қўқонда жавобсиз тўртта гол урди  13 21:53Суперлига. "Бухоро" ва "Андижон" Самарқандда муроса кўчасини танлади  18 21:17Мбемо "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасида танлов қилди  0 20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  1 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  4 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  13 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  33 17:49"Пахтакор" стадионининг айни пайтдаги ҳолати  16 17:20Шота Арвеладзе: "Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига чиққан Ўзбекистон терма жамоасини табриклайман!"  9 16:55ОФК Осиё саралаш босқичи плей-оффининг мезбонларини маълум қилди  28

PSJ "Leypcig"ni yirik hisobda mag'lub etdi va tarixda ilk bor finalga yo'l oldi Yangiliklar

PSJ "Leypcig"ni yirik hisobda mag'lub etdi va tarixda ilk bor finalga yo'l oldi

Evropa chempionlar ligasi dastlabki yarim finali doirasida "Leypcig" - PSJ uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


RB "Leypcig" – PSJ 0:3
18 avgusta, 22.00, «Eshtadiu da Lush»
Gollar: 0:1 – 13 Markinos, 0:2 – 42 Di Mariya, 0:3 – 56 Bernat.

RB "Leypcig" – Gulachi, Anxelino, Upamekano, Mukiele, Klostermann (Orban, 82), Laymer (Xalstenberg, 62), Zabitcer, Kampl (Adams, 64), Olmo (SHik, 46), Nkunku (Forsberg, 46), Poulsen.

PSJ – Riko, Bernat, Kimpembe, Tiago Silva, Markinos, Paredes (Draksler, 83), Errera (Verratti, 83), Di Mariya (Sarabiya, 87), Kerer, Mbappe (SHupo-Moting, 86), Neymar.

Ogohlantirishlar: Kimpembe (45), Laymer (61), Xalstenberg (79), Poulsen (79).


RB Leipzig

Champions League Final Stage . 1/2-tur

19/08/2020, 01:00

3
:
0
Tugadi

Paris Saint-Germain

Marquinhos - 13', Angel Di Maria - 42', Juan Bernat - 56'

Stadion: Estadio da Luz, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
46'  Christopher Nkunku (Emil Forsberg)
46'  Dani Olmo (Patrik Schick)
61'  Konrad Laimer
62'  Konrad Laimer (Marcel Halstenberg)
64'  Kevin Kampl (Tyler Adams)
79'  Marcel Halstenberg
79'  Yussuf Poulsen
83'  Lukas Klostermann (Willi Orban)
13'  Marquinhos
13'  Angel Di Maria
42'  Angel Di Maria
42'  Neymar
45'  Presnel Kimpembe
56'  Juan Bernat
56'  Angel Di Maria
83'  Leandro Paredes (Julian Draxler)
83'  Ander Herrera (Marco Verratti)
86'  Kylian Mbappe (Eric Maxim Choupo-Moting)
87'  Angel Di Maria (Pablo Sarabia)



Final hushtagi chalindi! PSJ o'z tarixida ilk bor ECHL finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi. 

90+2-daqiqa. Patrik SHik to'pni olib qo'yib oldinga intildi lekin son jihatdan ko'p bo'lgan himoyachilar Markinosning aqlli o'yini evaziga to'pni olib qo'yishdi.   

90+1-daqiqa. PSJ to'pni nazorat qilib bir daqiqani o'tkazdi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

87-daqiqa. Tezkor qarshi hujumdan keyin Neymar gol urishi mumkin edi, lekin darvozadan bir necha metr uzoqlikda turgan futbolchi to'pga zarba bera olmadi. 

86-daqiqa. Mbappe o'rniga Erik Maksim CHupo-Moting maydonga tushdi, Di Mariya esa o'rnini Pablo Sarabiyaga bo'shatib berdi.

84-daqiqa. Maydon markazida ketma-ket qo'polliklar qayd etilmoqda. 

83-daqiqa. Ander Errera maydonni tark etdi, uning o'rnini Marko Verratti egalladi. 

82-daqiqa. "Leypcig" futbolchilari ikki bor qulay vaziyatdan zarba berishdi lekin to'p har safar kimgadir tegib, darvozagacha etib bormadi. Keyin raqib qarshi hujumga qochib ketmasligi uchun himoyachilar qoidani buzishdi. 

80-daqiqa. Kimpembe uzoq masofadan kuchli va aniq zarba yo'lladi, Gulachi o'z o'rnida. 

79-daqiqa. Marsel Xalstenberg Neymarga nisbatan qo'pollik uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Hakamga etiroz bildirgani yugurib kelgan Poulsenga ham sariq kartochka tayyorlab qo'yilgan ekan.

77-daqiqa. "Leypcig" hamon hujumlar sonini kamaytirmayapti. Bundesliga vakili hech bo'lmasa bitta gol urish ishtiyoqida.

76-daqiqa. Mbappe va Neymar qarshi hujumga qochib ketishdi, lekin oxirgi pallada braziliyalik yiqilib tushib, to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi. 

72-daqiqa. Mbappe yaxshi vaziyatga ega bo'ldi, zarba ham berdi, lekin darvozabon o'z o'rnida. 

68-daqiqa. PSJ futbolchilari birinchi bo'limda bo'lgani kabi maydon markazi atrofida to'pni uyoqdan-buyoqqa oshirib, tempni o'ldirayotgandek harakat qilishdi. Va kutilmaganda keskin to'p oshirilishi va Neymar qulay imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, lekin to'p uzatishdagi noaniqlik pand berdi.

66-daqiqa. Yussuf Poulsen qoidani buzdi deb hisobladi hakam. Futbolchining asablari buyog'iga dosh bermayapti.

64-daqiqa. "Leypcig"da o'zgarish. Kevin Kampl o'rniga Tayler Adams maydonga tushirildi. 

Gol hisoblandi. Himoyachi Mukiele negadir yiqilib tushdi va hakamdan jarima zarbasi so'rab yotaverdi, raqib esa to'xtamadi va hujumni davom ettirdi. Bernat aynan maydon burchagida yotgan Mukieledan "foydalanib" o'yindan tashqari holatda qolmadi va to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab qo'ydi.

56-daqiqa. GOOOOL! Bernat 3:0! Lekin hozircha hakam "VAR"ni kutmoqda.

53-daqiqa. PSJning ikkinchi bo'limdagi ilk hujumi. Neymar bir o'zi ikki raqibini ortidan ergashtirib yurdi va oxiri Mukiele qoida buzdi. 

49-daqiqa. Burchak to'pidan samara chiqara olishmadi Nagelsman shogirdlari.

47-daqiqa. Hisobda ortda borayotgan germaniyaliklar kattaroq kuch bilan oldinga o'ta boshlashdi.

"Leypcig" tarkibida o'zgarishlar: 

Dani Olmo va Kristofer Nkunku o'rniga Patrik SHik va Emil Forsberg tushirildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Bo'ldi, birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha PSJ ishonchliroq o'yin ko'rsatib, o'yinga mos ravishda 2:0 hisobida oldinda bormoqda.  

45+2-daqiqa. Presnel Kimpembe raqibini qo'pollik ishlatib to'xtatib qoldi. Jarimadan to'p darvoza yaqiniga etkazib berildi, ammo himoyachilar to'p uchun kurashda ikkinchi qavatda ustunlikka erishib, xavfni bartaraf eta oldilar. 

Parijliklar o'sha ikki daqiqani to'pni raqibga bermay o'tkazib qo'yishmoqchi shekilli.  

45-daqiqa. Uchrashuvning birinchi bo'limiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42-daqiqa. GOOOOOL! Di Mariya! Neymardan ajoyib uzatma va Anxel Di Mariya o'ta qulay vaziyatdan adashmadi - 2:0. 

40-daqiqa. "Leypcig" qarshi hujumga chiqib ketishiga PSJ futbolchisi to'sqinlik qildi, lekin hakam u o'yindan tashqari holatda ekanligini qayd etdi.  

37-daqiqa. Futbolchilar ketma-ket xatoga yo'l qo'yib bir-birlariga to'pni sovg'a qilishdi va ushbu jarayonga bosh hakam ham qo'shilib ketdi. 

34-daqiqa. Yana gol bo'lgan vaziyatga o'xshash nuqtadan jarima zarbasi belgilandi. Neymaaaaar! Kutilmaganda braziliyalik futbolchi darvozaga zarba berdi, biroq to'p ustunga tegib maydondan chiqib ketdi. 

32-daqiqa. O'yin tempi biroz tushgandek. Aslini olib qaraydigan bo'lsak, francuzlar buni atayin amalga oshirmoqda. To'pni imkon qadar o'zida ushlab turib, raqib shashtini pasaytirishga urinmoqda. 

30-daqiqa. Neymar deyarli maydon markazidan turib sherigini birga-bir vaziyatga chiqarib yubormoqchi edi, lekin uzatmasiga biroz aniqlik etishmadi.   

28-daqiqa. "Leypcig" futbolchilari hujumga o'tmoqchi edilar, ammo markazda to'p oldirib qo'yildi.  

27-daqiqa. Jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pni Mukiele baland sakrab qaytardi, keyin unga Upamekano yordamlashdi. 

25-daqiqa. O'ng qanotdan tashkil etilgan hujum anchayin xavfli tus oldi, oxirgi zarbani Poulsen berdi, lekin biroz noaniq. 

Jarimadan berilgan zarba jonli devorda turgan himoyachi boshiga tegib, maydondan tashqariga chiqib ketdi. 

22-daqiqa. Xavfli jarima zarbasi. Zabitcerga nisbatan qoida buzildi va "Leypcig" futbolchilari yaxshi imkoniyatga ega bo'ldilar. 

19-daqiqa. Endi asosiy kurash maydon markaziga yaqin hududda bo'lmoqda. 

17-daqiqa. Oldinga o'tgan Anxelino oldinga o'tdi va himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

Jarimadan uzatib berilgan to'pga ohista harakat ila boshi bilan zarba berib himoyachi jamoasini oldinga olib chiqdi. 

13-daqiqa. GOOOOOL! Markinos!

12-daqiqa. Burchak to'pini o'ynab ketishdi va Neymarga nisbatan qoida buzildi. Xavfli jarima to'pi. 

11-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak to'pi. Ammo naf chiqara olishmadi. 

10-daqiqa. Mukiele oldinga o'tmoqchi bo'lgan Bernatni "kutib oldi".

8-daqiqa. O'yin tezlashdi. Har ikki jamoa baxtini hujumdan izlamoqda. 

7-daqiqa. GOL bo'ldi, lekin hakam shu ondayoq tinchlanishga chaqirdi, Neymar qo'li bilan o'ynagan bo'lib chiqdi. 

6-daqiqa. Mbappening ajoyib pasidan keyin Neymar birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo zarba noaniq.  

4-daqiqa. Dastlabki daqiqalarda parijliklar to'pga egalik qiladigandek tuyulgandi, lekin germaniyaliklar ham adashib yarim finalga chiqib qolmaganliklarini isbotlashmoqda. 

3-daqiqa. "Leypcig" hujumga o'tib, yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin bo'ldi va hujum zarba bilan yakunlandi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi. PSJ hujumga o'tishga urinib ko'rdi, ammo darvozabon to'pni egallab oldi. 

O'yinni PSJ boshlaydi.

Hakamlar brigadasi va futbolchilar yashil maydonga tushib kelishdi va rasmiy ishlarni yakunlab olishdi. 

Jamoalar maydonga tushishga tayyor turibdi. 

 RB "Leypcig" futbollchilari huddi yosh bolalardek to'p talashayaptimi?)

Neymar avvalgi uchrashuvda jamoasini chinakamiga ortidan ergashtira olgandi, bugun-chi? Nemislarga qarshi o'yinda ham braziliyalik futbolchi o'zini ko'rsata olarmikin?



YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

RB Leypcig Germaniya – PSJ Franciya

"Eshtadiu da Lush"

RB Leypcig – Gulachi, Anxelino, Upamekano, Mukiele, Klostermann, Laymer, Zabitcer, Kampl, Olmo, Nkunku, Poulsen.

PSJ - Riko, Kerer, Tiago Silva, Kimpembe, Bernat, Markinos, Paredes, Errera, Di Mariya, Mbappe, Neymar.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика