Dzyuba yana eng yaxshi deb topildi
09 okt 2018 22:53
Yangiliklar
Dzyuba yana eng yaxshi deb topildi
“Zenit” forvardi Artyom Dzyuba Rossiya premer ligasi 10-turining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Ovoz berish jarayoni “Match TV” va “Match Premer” telekanallari bilan hamkorlikda o'tkazib kelinmoqda.
Dzyubaga 15 185 ovoz(52%) berilgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni mos ravishda “Spartak” hujumchisi Ze Luish(6366 ovoz, 22%) va “Lokomotiv” azosi Benedikt Xyovedes(2731, 9%)lar qo'lga kiritishdi.
“Krasnodar”ga qarshi kechgan uchrashuvda himoyachilarni doimiy tahlikada ushlab turish bilan birga raqib darvozasini 1 marta ishg'ol etdi. Bu sovrin Dzyuba uchun ushbu mavsumdagi beshinchisi hisoblanadi.
Fikrlar