Dzyuba yana eng yaxshi deb topildi

9 okt 2018, 22:53
“Zenit” forvardi Artyom Dzyuba Rossiya premer ligasi 10-turining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Ovoz berish jarayoni “Match TV” va “Match Premer” telekanallari bilan hamkorlikda o'tkazib kelinmoqda. 

Dzyubaga 15 185 ovoz(52%) berilgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni mos ravishda “Spartak” hujumchisi Ze Luish(6366 ovoz, 22%) va “Lokomotiv” a'zosi Benedikt Xyovedes(2731, 9%)lar qo'lga kiritishdi. 

“Krasnodar”ga qarshi kechgan uchrashuvda himoyachilarni doimiy tahlikada ushlab turish bilan birga raqib darvozasini 1 marta ishg'ol etdi. Bu sovrin Dzyuba uchun ushbu mavsumdagi beshinchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru