

"Kilian yaxshi holatda. 100 foizdan ortiq tayyor bo'lish imkonsiz, lekin ha, u mutlaqo sog'lom. Kunduzi sodir bo'lgan voqeani [Mbappe alohida mashg'ulot o'tkazganini] nazarda tutyapsizmi? U ham boshqalar qatori mashg'ulot paytida 20 daqiqa o'rniga 10 daqiqa o'ynash huquqiga ega", - deya Deshamning so'zlarini keltiradi "RMC Sport".
Mbappe jahon chempionatining hozirgacha bo'lgan barcha 6 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Uning hisobida 8 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.



