Dzyuba tennis bo'yicha Rossiya termasining sardori bo'ldi
22 sen 2019 17:35
Yangiliklar
Dzyuba tennis bo'yicha Rossiya termasining sardori bo'ldi
"Zenit" hujumchisi Artyom Dzyuba tennis bo'yicha Rossiya terma jamoasining sardoriga aylandi.
U milliy termani "Sibir Arena"ga boshlab chiqqan. Ayni damda afsonalari bellashuvida Rossiya termasi sharafini Elena Dementeva va Mixail Yujniy himoya qilmoqda. Ular xorvatiyalik Iva Mayoli va nemis Tommi Xaasga qarshi bahs olib borishmoqda.
"Kecha golimni tortib olishganini hisobga olmasak, ishlarim yaxshi ketmoqda", - dedi Dzyuba.
Ushbu mavsumda Dzyuba "Zenit"da 12 o'yinda 5 gol urdi va 7 golga assistentlik qildi.
Fikrlar