Dzyuba 16 o'yinda birinchi marta gol urdi
24 mar 2019 23:07
Yangiliklar


Dzyuba 16 o'yinda birinchi marta gol urdi
Rossiya terma jamoasi azosi Artyom Dzyuba golsiz seriyasiga yakun yasadi.
1308 daqiqa sukut saqlagan rossiyalik forvard va nihoyat, Evro-2020 saralash bosqichi doirasida Qozog'istonga qarshi o'yinda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Malumot uchun, Dzyuba oxirgi marta 2018 yil 25 oktyabr kuni gol urgan va o'shandan beri 15 ta uchrashuvda gol urmay kelayotgandi.
Qozog'istonga qarshi o'yindagi gol, Artyomning faoliyatidagi 144-goli sifatida qayd etildi. Bu bilan u Valeriy Karpin hamda Eduard Strelcovni quvib o'tdi. Oqibatda, SSSR va Rossiya tarixida top-20 to'purarlar ro'yxatiga kirishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar