So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  15 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  41 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

Dunyoning eng qimmat 10 futbolchisi. Ro'yxatda Krishtianu yo'q Yangiliklar

Dunyoning eng qimmat 10 futbolchisi. Ro'yxatda Krishtianu yo'q

Transfermarkt bahosi bo'yicha 100 mln. evrodan qimmat turuvchi 10 futbolchini etiboringizga havola qilamiz.

10. Sadio Mane - 120 mln. evro

"Liverpul" va Senegal terma jamoasi forvardining transfer narxi o'sishdan to'xtamayapti. Martda uning bahosi 85 mln. evro edi, yozda bu raqam 120 mln. evroga aylandi. Sadio haqiqatdan ham mavsumni juda yaxshi o'tkazdi, 26ta gol urib, 5ta golli pas berdi. Senegallik "Livrepul"ning CHempionlar ligasidagi g'alabasiga katta hissa qo'shdi.


8-9. Kevin de Bryuyne - 130 mln. evro

"Manchester Siti"ning belgiyalik yarim himoyachisi uchun yakunlangan mavsum APLdagi g'alabaga qaramasdan aksincha, omadsiz keldi. De Bryuyne jarohat tufayli ko'plab o'yinlarni o'tkazib yubordi, formasini tiklash uchun ko'p kuch sarfladi. Uning hisobida 6ta gol va 11ta golli pas mavjud. Kevinning taxminiy narxi so'nggi oylarda 20 mln. evroga pasaydi.


8-9. Antuan Grizmann - 130 mln. evro

Iyul oyida "Atletiko"ning franciyalik forvardi narxi 120 mln. evrogacha pasayadi. Bu narx tahlilchilar bergan bahodan ham kam narx. Bahorda bu futbolchiga Kevin de Bryuyne kabi 150 mln. evro taklif qilishdi. Antuan yakunlangan mavsumda 21ta gol urib, 10ta golli pas berdi, ammo uning ayni damdagi asosiy xohishi "Barselona"ga o'tish.


7. Raxim Sterling - 140 mln. evro

Angliya terma jamoasidagi sardorlik bog'ichi, "Manchester Siti" bilan ichki arenada barcha sovrinlarni qo'lga kiritishi: Sterling bu mavsumdan ko'ngli to'q bo'lishi kerak. Vinger 25ta gol urib, 18ta marta assistentlik qildi. Ayni damda Raxim - narx bo'yicha APL chempioni etakchisi va inglizlar orasida ikkinchi.


3-6. Lionel Messi - 150 mln. evro

Ko'pchilik uchun Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi, bazilar uchun esa narxi 150 mln. evro bo'lgan 31 yoshli forvard. U yakunlangan mavsumda 51ta gol urib, 22ta golli pas bergan bo'lsada, narxi zamonaviy futbol uchun baland emas. Bu ideal mavsum bo'lmadi, chunki Ispaniya chempioni CHempionlar ligasida mag'lub bo'ldi. Bir yil oldin argentinalik futbolchining familiyasi 180 mln. evrolik yozuv to'g'risida turardi.


3-6. Eden Azar - 150 mln. evro

"Real" yangi yulduzining narxi yarim yildan beri 150 mln. evrodan tushib ketmayapti, ammo Madrid klubi uni 100 mln. evroga sotib oldi. Azarning "CHelsi" bilan shartnomasi bir yildan so'ng yakunlanar edi, shu sababli "aristokratlar" bun narxga rozi bo'lishdi. Eden mavsumni yomon o'tkazmadi: 21ta gol, 17ta golli pas, Evropa ligasidagi g'alaba. APLni dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri tark etdi.



3-6. Garri Keyn - 150 mln. evro

"Tottenxem" forvardining jarohati bo'lmagandi CHempionlar ligasi finalida boshqa Keyinni ko'rgan bo'lardik. SHu sababli angliyalik 24ta gol urib, 6ta golli pas bergan mavsumdan ko'ngli to'lmagan. SHunga qaramasdan 2018 yilning may oyidan beri uning taxminiy narxi 150 mln. evroni tashkil qilmoqda. Garri bir kun kelib uning narxi Messi va Grizmanniki bilan teng bo'lganini aytib berishi mumkin.


3-6. Muhammad Saloh - 150 mln. evro

Saloh "Liverpul"ni tark etmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar yurgan edi, biroq CHemponlar ligasidagi g'alabadan so'ng misrlikning niyati o'zgardi. Haqiqatdan ham, sening transfer narxi katta o'sishga erishgan klubni nega tark etish kerak? Qizillar forvardining narxi ham o'tgan yildan beri 150 mln. evrodan tushib ketmayapti. Muhammad Saloh yakunlangan mavsumda 27ta gol urib, 13ta golli pas berdi.


2. Neymar - 180 mln. evro

Agar "Oltin to'p" transfer narxiga qarab berilganida bu sovringa PSJning ikki futbolchisi asosiy davogar bo'lardi. Neymar jarohatlardan aziyat chekdi, ammo 23ta gol urib, 13ta golga assistentlik qilishga ulgurdi. Uning taxminiy narxi - 180 mln. evro. Agar yana bir mavsum shunday o'tsa, braziliyalikning reytingi pasayishni boshlaydi.


1. Kilian Mbappe - 200 mln. evro

Top-ligalardagi grand klublarning orzusi 200 mln. evro turadi. PSJ Mbappeni 250 mln. evroga ham sotmaydi. Franciyalik hujumchi o'z yoshidagi barcha rekordlarni yangilamoqda: Yakunlangan mavsumda u 39ta gol urdi va 17ta golli pas berdi. Kilianning narxi dekabrdan beri o'zgarmayapti, biroq yangi reytingda bu narx oshishi mumkin. Messi va 33 yoshli Krishtianu Ronaldu transfer narxi bo'yicha endi Mbappega raqobatchi emas.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика