So’nggi yangiliklar

21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  0 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  6 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  9 18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   2 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  4 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  2 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  12 15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  7 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  5 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  5 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  7 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  9 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1

Dunyoning eng boy futbolchisi Lester Siti klubi yoshlar jamoasida o'ynashidan xabaringiz bormi? Yangiliklar

Dunyoning eng boy futbolchisi Lester Siti klubi yoshlar jamoasida o'ynashidan xabaringiz bormi?

Futbol - shunchaki o'yin emas. U allaqachon yirik biznesga aylanib ulgurdi. Ammo bazilar borki, ular pul uchun emas, shon-sharaf va shuhrat uchun futbol o'ynaydilar.

Forbes jurnali dunyodagi eng boy futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Keling, quyida shu ro'yxat bilan tanishamiz:

1.Faik Bolkiax ($20 Mlrd)

Eng boy futbolchi deganda ko'pchilikning xayoliga Ronaldu yoki Messi kelishi tabiiydir. Ammo bu galgi reytingda ajablanarli holat ro'y berdi. Dunyoning eng boy futbolchisi – «Lester Siti» klubi yoshlar jamoasi vakili Faik Bolkiax bo'ldi. 1998 yilda tavallud topgan futbolchi Bruney sultonining jiyani va mamlakat shahzodasi hisoblanadi. Faik futbolda aytarli yutuqlarga erishmagan bo'lsa ham, 20 milliard dollar miqdoridagi merosning egasi sanaladi.


2. Krishtianu Ronaldu ($450 Mln)

Bu futbochi haqida ko'p gapirilgan. Ammo u har gal bizni qayta-qayta gapirishga undaydi, majburlaydi.

U 1992 yil (7 yoshida) otasi mamurlik qiladigan havaskor jamoada o'ynay boshladi. 14 yoshidayoq yorqin kelajagiga ishonch hosil qildi va maktabni tashlab, futbolga ko'proq vaqt ajrata boshladi. 15 yoshida yuragida yuzaga kelgan jiddiy muammo ham uni to'xtatib qola bilmadi… Bugun esa u sport olamidagi eng yirik nom.

Futboldan tashqari har xil bizneslari, mehmonxonalari bor. Ich kiyim, poyabzal, atir-upa ishlab chiqaradigan ko'plab kompaniyalar bilan hamkorlik qiladigan Krishtianuning hisobida sal kam yarim milliard dollar bor.



3. Lionel Messi ($400 Mln)


Krishtianuning nomi bor joyda yana bir nom bo'lishi tabiiy holat. 600 dan ortiq gol urgan, 5 ta «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan futbolchi haftasiga 667 ming dollar maosh oladi. Reklama roliklaridagi chiqishlari Messiga katta daromad keltiradi. Adidas, Gatorade, Huawei, Hawkers va Pepsi kompaniyalari bilan hamkorlik ortidan bir yilda 27 million dollar ishlab topadi.

Bundan tashqari, Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahrida «Messi Experience Park» nomli tematik bog' ochilishi rejalashtirilgan.

Bir paytlar Messi buvisi bilan mashg'ulotlarga borayotganida buni orzu qilgan, yoki yo'q. Bilmaymiz. Ammo u hozir sayyoramizning eng badavlat sportchilaridan biri bo'lib ulgurdi.



4. Neymar ($350 mln)

Oxirgi paytlarda futboldan boshqa hamma narsani qoyillatayotgan braziliyalik futbolchi mazkur reytingning 4-pog'onasini band qildi. 17 yoshidayoq mashhurlik darajasiga ko'tarila olgan Neymarning bugungi kundagi daromadi 350 million dollarni tashkil qiladi. U Nike, Gillette, Panasonic, Volkswagen, Unilever, Santander kabi kompaniyalar bilan reklama shartnomasi ortidan 22 million dollar pul topadi. Video o'yinlar muqovasini bezab turadigan futbolchi bugungi kunda musiqaning «Pop» janri targ'iboti bilan ham shug'ullanadi.

Braziliya terma jamoasi azosi bir necha yil ichida bu reytingda yuorilashi taxmin qilinmoqda.



5. Zlatan Ibragimovich ($190 Mln)

O'ziga xos xarakterga ega bo'lgan Zlatanning bir paytlar hech vaqosi yo'q edi. Taqdir unga mashhurlik, etibor, shon-shuhrat bilan bir qatorda katta boylik ham inom qildi. U barchasiga futbol vositasida erishdi. Bugungi kunda «Los-Anjeles Gelaksi» klubi sharafini himoya qilayotgan 38 yoshli hujumchining «A-Z» deb ataladigan sport kiyimlari tayyorlovchi kompaniyasi bor. Ibra parfyumeriya olamida ham o'z brendiga ega. Bundan tashqari u ham reklama roliklariga suratga tushish orqali daromad topadi.



6. Ueyn Runi ($160 Mln)

Forbes malumotlariga qaraganda, 1985 yilda tavallud topgan Runi futboldan 22 million dollar daromad oladi. SHuningdek, Nike, Ford va Nokia kompaniyalari bilan tuzilgan hamkorlik bitimlari futbolchiga 5 million dollar foyda keltiradi. «Harper Collins» sport nashri ham Angliya terma jamoasining sobiq sardori hisobiga shuncha pul o'tkazib beradi.



7. Garet Beyl ($125 Mln)

Beyl 1989 yil Kardifda tug'ilgan. Bugun, 30 yoshida Madridda yashayapti. SHu 30 yil oralig'ida Garet 125 million dollar ishlab topdi. U Madridning «Real» klubidan yiliga 15 million dollar maosh oladi. Bundan tashqari Adidas, Nissan, Footlocker, Lucozade kabi kompaniyalar bilan hamkorlik futbolchiga 24 million dollarni taqdim etadi.



Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика