So’nggi yangiliklar

14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  0 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  0 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  7 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  7 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  11 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  22 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  18 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  14 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  17 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  4

Dublga erishib, jamoasiga muhim 3 ochko keltirgan sardor, jamoasi safarda irodali g'alabaga erishgani bois tur murabbiyiga aylangan chernogoriyalik mutaxassis - Superligada 13-tur laureatlari Yangiliklar

Dublga erishib, jamoasiga muhim 3 ochko keltirgan sardor, jamoasi safarda irodali g'alabaga erishgani bois tur murabbiyiga aylangan chernogoriyalik mutaxassis - Superligada 13-tur laureatlari

Kecha Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Surxon" posboni Artyom Potapov "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

Termizliklar darvozaboni ortda qolgan turda jamoasini ko'p marta goldan saqlab qoldi. Rossiyalik futbolchi faol harakatlari evaziga "So'g'diyona" bilan o'yinni "quruq" o'tkazdi va haqli tarzda tur darvozaboniga aylandi.


"Metallurg" sardori, hujumchi Zabihillo O'rinboev "Championat.asia" talqinida 13-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.  

Mahoratli futbolchi o'z harakatlari bilan o'yin davomida ajralib turdi, ayniqsa, uning ikkinchi taymdagi harakatlari tahsinga loyiq. O'rinboev dastlab jarimadan yo'llagan shedevr zarbasi orqali hisobni tenglashtirgan bo'lsa, o'yin yakuniga 10 daqiqa qolganida olis masofadan darvozani aniq nishonga oldi va bekobodliklar g'alabasini taminladi. Mutaxassislar fikricha, 28 yoshli futbolchi faoliyati davomidagi eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda.


"Olimpik" yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovning "Metallurg" darvozasiga jarimadan kiritgan qoyilmaqom to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 13-turning eng chiroyli goli (VIDEO) deb tan olindi. 

"Olimpik" azosi "Metallurg" bilan uchrashuvda jarimadan kuchli zarba yo'llab, Akmal Ortiqovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va hisobni ochdi.


"Metallurg" bosh murabbiyi Vesko Steshevich "Championat.asia" talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

CHernogoriyalik mutaxassis qo'l ostidagi jamoa ikkinchi taymda bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay, 2 ta gol urishning uddasidan chiqdi. U o'yin uchun tanlagan tarkib o'zini oqladi. Bundan tashqari, u zaxiradan maydonga tushirgan futbolchilar faol harakat qilib, g'alabaga salmoqli hissa qo'shishdi.

Alohida aytish joiz, Vesko Steshevich joriy mavsumda ikkinchi marta tur murabbiyi bo'ldi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика