"Dubai Cup". O'zbekiston chempion, darvozabonimiz eng yaxshi bo'ldi VIDEO
21 noy 2018 08:43
Yangiliklar
"Dubai Cup". O'zbekiston chempion, darvozabonimiz eng yaxshi bo'ldi VIDEO
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun "Dubai cup" musobaqasining so'nggi turida Kuvaytga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Mazkur g'alaba vakillarimizga guruhda birinchi o'rninni qo'lga kiritish imkonini berdi. Sababi Yaponiya terma jamoasi 3 turda BAAga qarshi o'yinda 1:1 hisobida durang qayd etdi. 3ta o'yinda 2ta durang va bitta g'alaba qozongan yaponiyaliklarning ochkolari soni 5taga etdi.
O'zbekiston OTJ ushbu musobaqada BAAni 2:0 hisobida mag'lub etdi, Yaponiya bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi. So'nggi turda Kuvaytni 1:0 hisobida taslim etib 7 ochko to'pladi va "Dubai cup" musobaqasining g'olibiga aylandi.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi darvozaboni Umidjon Ergashev musobaqaning "Eng yaxshi darvozaboni" sifatida etirof etildi.
Kuvayt bilan o'yinda urilgan yagona golni tomosha qilish va ko'chirib olish mumkin:
O’xshash yangiliklar
17:20
O'zbekiston Kubogi. 2-turda ishlaydigan hakamlar va VAR foydalaniladigan o'yinlar malum bo'ldi 3
Fikrlar