"Dubai Cup-2022". Jaloliddinovning jarimadan urgan super goli O'zbekiston U-23 ga Vetnam U-23 ustidan g'alaba keltirdi
29 mar 2022 20:36
Yangiliklar


"Dubai Cup-2022". Jaloliddinovning jarimadan urgan super goli O'zbekiston U-23 ga Vetnam U-23 ustidan g'alaba keltirdi
Unda Timur Kapadze shogirdlari minimal hisobda g'alaba qozonishdi. Vakilliramizning yagona to'pi muallifi "Qayrat"da to'p tepayotgan Jasur Jaloliddinov bo'ldi. U belgilangan jarimadan ustamonlik bilan foydalanib, termamizga turnirdagi ilk g'alabani olib keldi. Uning golini ushbu havola orqali tomosha qiling.
Vetnam U-23 – O'zbekiston U-23
Gol: Jasur Jaloliddinov 67'
O'zbekiston U-23 tarkibi: SHukron Yo'ldoshev, Alibek Davronov, Muhammadqodir Hamraliev, Saidazamat Mirsaidov, Eldor Begimov, Muhammadaziz Ibragimov, Diyor Xolmatov, Jasurbek Jaloliddinov, Otabek Jo'raqo'ziev, Husayn Norchaev, Ruslan Jiyanov
O'zbekiston U-23 terma jamoasi turnirdagi dastlabki o'yinida Saudiya Arabistoniga 0:2 hisobida yutqazgan bo'lsa, uch kun oldin BAA bilan durang o'ynagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar