Drogba: "Yana "Stemford Brij"da gol urganimdan xursandman"
22 okt 2014 15:26
Yangiliklar


Drogba: "Yana "Stemford Brij"da gol urganimdan xursandman"
"CHelsi" hujumchisi Dide Drogba ko'klar safiga qaytganidan keyingi birinchi goli haqida gapirib berdi.
Futbolchi "Maribor"ga qarshi o'yinda (6:0) penaltini aniq amalga oshirdi.
"CHelsi" uchun yana gol urganimdan xursandman. Hozircha mavsum biz uchun yaxshi o'tyapti, Premer-ligada etakchimiz, CHempionlar ligasida yaxshi o'ynayapmiz, xursand bo'lish uchun bahonalar ko'p. "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda bo'lamanmi? Buni murabbiy hal qiladi, ammo men o'z o'yinimdan mamnunman" - deydi futbolchi.

Fikrlar