Drogba: "Hozircha faoliyatimni yakunlaganim haqida elon qilganim yo'q"
07 jan 2016 13:33
Yangiliklar


Drogba: "Hozircha faoliyatimni yakunlaganim haqida elon qilganim yo'q"
"Monreal Impakt" hujumchisi Dide Drogba tez orada futbolchilik faoliyatini yakunlab, "CHelsi" murabbiylar shtabida ish boshlashi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Muxlislarning bu gaplaridan mamnunman, ammo hozircha faoliyatimni yakunlaganim haqida elon qilganim yo'q va "Monreal" bilan kelajagim borasida muzokaralar davom etyapti" - deydi Drogba.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar