So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  4 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Draksler: "Evropa chempionatida nimalarga qodir ekanligimni isbotlashim lozim" Yangiliklar

Draksler: "Evropa chempionatida nimalarga qodir ekanligimni isbotlashim lozim"

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yulian Draksler Evropa chempionatida katta maqsadlar bilan kelganini va o'z nomini barchaga eslatib qo'ymoqchiligini aytib o'tdi.


- O'tgan mavsumning hal qiluvchi pallasida jarohat olganim meni tushkun holatga solib qo'ygandi. Evropa chempionatiga qadar tiklanish uchun bor harakatni amalga oshirdim. Evropa chempionatiga kelish uchun kechasi bilan tinmay mehnat qildim. Bu mehnatlarim esa o'z samarasini berdi. Men terma jamoadagi yoshlarga maslahat beramanmi? Menimcha, bizning barcha futbolchilarimizning kuchli jihatlari ko'p. Ularga meni maslahatim shart emas. Men hali o'z o'yinimga etibor qaratishim kerak. O'ylashimcha, yaxshi sport formaga kirib boryapman. Franciyadagi katta turnirda o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman.
Oxirgi o'rtoqlik uchrashuvlarida o'zimni yaxshi tomonlama ko'rsata oldim, deb o'ylayman. Qolganini murabbiy hal etadi. Jamoamiz g'alabalarga tashna, sovrinlarga chanqoq. Biz yirik musobaqalardagi g'alaba tamini bilamiz. Buni ko'pchilik ikki yil avval his etgan. Yana o'sha muvaffaqiyatni Evropa chempionatida ham takrorlashni istaymiz. Tayyorgarlik bosqichlari tugadi. Endi nihoyat hal qiluvchi o'yinlarda maydonga chiqishimiz mumkin.
Ukraina bilan o'yin qiyin kechishi tabiiy. Ushbu raqib oxirigacha kurashadigan jamoalar sirasiga kiradi. Lekin Germaniya har qanday qarshiliklarga tayyor. Barchasi o'zimizga bog'liq.

Evropa chempionati o'zgacha musobaqa. Har bir o'yin katta zavq ulashishi mumkin. SHu boisdan ham imkon ko'proq o'yinlarni tomosha qilishga harakat qilaman. Qiziqarli o'yinlar juda ko'p bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика