So’nggi yangiliklar

17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0 16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  2 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Сўнгги кунларда кимда қандай ўзгариш?  23 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  7 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  8 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  4 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2

Dragan CHeranning O'zbekistondagi "Oltin butsa"lari soni 5 taga etdi Yangiliklar

Dragan CHeranning O'zbekistondagi "Oltin butsa"lari soni 5 taga etdi

Serbiyalik hujumchi Coca-Cola Superliganing 2023 yilgi mavsumini ham to'purar sifatida yakunladi. Buning uchun CHeranga 13 ta gol kifoya qildi.

Dragan chempionatning 22 ta o'yinida ishtirok etdi va umumiy 1789 daqiqa maydonda bo'ldi. Yani, har 137 daqiqada raqiblar darvozasiga yo'l topdi. Gollarning 4 tasini penaltidan kiritdi. Biroq unutmaslik kerakki, uning gollarisiz "Paxtakor" naq 17 ochko boy bergan bo'lardi. CHeran ayniqsa asosiy raqobatchi hisoblangan "Navbahor"ga qarshi har ikki o'yinda ham gol urib, haqiqiy etakchi ekanligini isbotladi. 

36 yoshli futbolchi 2024 yilda ham "Paxtakor" sharafini himoya qiladi. To'purarlik borasida garchi uning ko'rsatkichlarida pasayish yuzaga kelgan bo'lsa-da, Superligada besh yildan buyon uni quvib o'tishi mumkin bo'lgan boshqa hujumchi topilmayapti.

Dragan ketma-ket sakkiz mavsum davomida qarshisidan chiqqan 20 jamoaning barchasiga gol ura oldi. Eng so'nggisi — "Olimpik". Garchi "Paxtakor" mavsumni aynan "Olimpik"dan uchralgan mag'lubiyat bilan boshlagan bo'lsa-da, ikkinchi davrada paxtakorchilar buning uchun o'ch olishdi — CHeran ilk marta "Olimpik" darvozasiga yo'l topdi. 

Dragan 2016 yilning yozidan buyon O'zbekistonda istiqomat qilmoqda. Mamlakatimizdagi dastlabki yillarini "Nasaf" safida o'tkazgan hujumchi, ikki yil ichida "Paxtakor" libosini kiydi. O'tgan yillar davomida u chempionat doirasida 129 ta gol urishga erishdi. O'zbekiston kubogida 13 ta golni o'z nomiga yozdirdi. 

O'zbekiston Professional futbol ligasi Dragan CHeranning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi va tashkilot ketma-ket beshinchi bor “oltin butsa”ni unga etkazib berdi.

Quyida Dragan CHeran tomonidan 2023-yilgi mavsum Superligada urilgan barcha — 13 ta golni tomosha qilishingiz mumkin.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика