So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Dragan CHeran: "O'zbekistonga kelmasimdan oldin faqat Rivaldo va Skolari haqida eshitgandim" Yangiliklar

Dragan CHeran: "O'zbekistonga kelmasimdan oldin faqat Rivaldo va Skolari haqida eshitgandim"

"Paxtakor" etakchilaridan biri Dragan CHeran OFK saytiga intervyu berdi.

2016 yil O'zbekistonda faoliyatini boshlagan CHeran bu vaqt oralig'ida 80tadan ko'proq gol urishga muvaffaq bo'ldi. O'tgan mavsum u PFL talqiniga ko'ra, "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi, mavsumda 37ta gol urdi va "Paxtakor"ning chempion bo'lishi hamda O'zbekiston Kubogi bilan Liga Kubogini qo'lga kiritishida munosib hissa qo'shdi.

Serbiyalik futbolchi ham yaqqol hujumchi, ham hujum ortida bir xil o'ynay oladi. Uni bemalol so'ngi yillardagi eng yaxshi legionerlardan biri deyish mumkin. "Paxtakor"ning o'tgan 12 oy mobaynida juda kam mag'lub bo'lgani jamoa ancha kuchayganidan darak beradi. Jamoa kuchayishida esa CHeran ham munosib rol o'ynab kelmoqda.

"Paxtakor" o'tgan yil Osiyo chempionlar ligasida birmuncha yaxshi ishtirok etdi. Garchi jamoa guruhdan chiqa olmagan bo'lsa-da, taslim bo'lmadi va oxirigacha kurashdi. Jamoaning keyingi bosqichga o'tishida qandaydir kichik xatolar xalaqit berib qoldi. Lekin ichki chempionat, O'zbekiston Kubogi va birinchi bor o'tkazilgan Liga Kubogida "Paxtakor"ga teng keladigani topilmadi.

Avvalgi mavsumlarda beshinchi, uchinchi va ikkinchi o'rinlarni qo'lga kiritgan "Paxtakor" 2019 yil eng yaqin taqibchisi "Lokomotiv"ni 20 ochko ortda qoldirgan holda faqat bitta mag'lubiyat bilan chempionlikni nishonladi. CHeran esa 24 o'yinda 23 bor gol urishning uddasidan chiqdi.

"2018 yilgi jamoa bilan hozirgi tarkib orasida farq bor, - deydi Dragan CHeran. - Bizda bir nechta futbolchilar almashdi, kimlardir ketdi, yangilar keldi. Muhimi jamoamiz ahil va hamma bir-biri bilan yaxshi munosabatda. Jamoadagi barcha bir maqsad yo'lida, yani sovrinlarni yutish uchun jamlangan".

CHeran faoliyatidagi eng yaxshi yutuqqa 32 yoshida erishdi. Bungacha Isroil, Ozarbayjon, Makedoniya va Saudiya Arabistonida to'p tepgan serbiyalik futbolchi O'zbekistonga kelib o'z o'rnini topdi deya olamiz. 2016 yil "Nasaf" bilan shartnoma imzolagan serbiyalik "ajdarlar" safida ham o'zini ko'rsata oldi. Mohir futbolchi o'z intervyusida O'zbekistondagi ilk kunlarini yodga oldi:

"Avvaliga bu mamlakat haqida deyarli hech narsani bilmasdim. Men faqat "Bunyodkor" degan jamoa haqida eshitgandim va Rivaldo kelib o'ynab ketgani, Luis Felipe Skolari ishlagani haqida bilardim. Lekin o'tgan to'rt yil mobaynida ko'p narsa o'rgandim. Yangi do'stlar orttirdim. Hozir shuni bemalol aytishim mumkin, O'zbekiston futbolining Osiyoda tutgan o'rni baland".

Dragan CHeran "Nasaf" tarkibida ham o'z o'yini ko'rsata oldi. 48 bor milliy chempionat o'yinlarida maydonga tushgan futbolchi 34ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 2018 yilning davralar oralig'ida "Paxtakor"dan taklif uning uchun yangi chaqiriq bo'ldi va serbiyalik to'purar buyog'iga sovrinlar yutish va yanada yuksalish maqsadida poytaxt klubiga ko'chib o'tdi.

CHeran "Paxtakor"da sobiq gruziyalik yulduz SHota Arveladze qo'l ostida shug'ullanib kelyapti. Darvoqe Arveladze "Ayaks"da o'ynab yurgan kezlari 1997/98 yilgi mavsumda 37ta gol urgandi. O'shanda u Mikael Laudrup, aka-uka de Burlar, Denni Blind va boshqa futbolchilar bilan bir qatorda tilga olinardi.

- "Men futbolchi SHota Arveladzening faoliyatini ko'p ham eslay olmayman, - deydi CHeran. - Lekin uning ko'plab gollar urgani va futboldagi muvaffaqiyatlari haqida eshitganman. 300tadan ko'p gol urish bu juda ajoyib ko'rsatkich. "Paxtakor"ga kelganimdan beri murabbiy menga ko'p yordam beryapti. Vaziyatlarda qanday harakat qilishim lozimligini o'rgatadi, qaysi payt zarba berish maqul ekanini aytadi. Bir so'z bilan aytganda, SHota Arveladze ajoyib inson va yaxshi murabbiy".

"Paxtakor" uchun joriy mavsum ham muvaffaqiyatli boshlandi. Jamoa Superligada qatorasiga uchta o'yinda zafar quchdi. CHeran esa "Buxoro" bilan kechgan bahsda xet-trik muallifi bo'ldi. SHuningdek u Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida "SHabab Al Ahli Dubay" bilan "SHahr Xodro"jamoalarining mag'lub etilishida munosib hissa qo'shdi. Lekin hammasi chiroyli ketayotgan bir paytda koronavirus tufayli O'zbekistonda ham futbol o'yinlari vaqtincha to'xtatib qo'yildi. 

"Mamlakatda karatin elon qilingach, men Toshkentda qolishni maqul ko'rdim, - deydi serbiyalik legioner. - Dastlab tez orada karantin tugaydi deb o'ylagandim, lekin bunday bo'lib chiqmadi. Natijada murabbiylarimiz bilan video aloqaga chiqib uyda maxsus dastur bo'yicha shug'ullanishni boshladim. Uydagi mashg'ulotlar jismoniy formani bir tekis ushlab turishda yordam berdi. Maydonga chiqib to'p bilan ishlay boshlaganimizda uydagi mashqlar qo'l keldi. Yo'qsa og'ir bo'lardi".

 - "Buyog'iga chempionat o'yinlari muxlislarsiz davom etadi. Albatta, bo'sh tribunalar qarshisida to'p tepish og'ir, lekin na iloj. Men tomoshabinlarsiz Bundesligani kuzatib boryapman va ko'zimga g'alati ko'rinyapti. Juda katta stadionlar bo'm-bo'sh. Baribir futbolda ishqibozlar ko'z o'ngida harakat qilish boshqacha tuyg'u beradi. O'ylaymanki, tez orada yana muxlislar o'yingohlarni to'ldirib o'tirishadi".

Dragan CHeran o'z intervyusida shuningdek o'zbekistonlik futbolchilar haqida ham fikr yuritdi: 

- "O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko'p. Ular ko'p mehnat qilishadi. O'zimning jamoam misolida aytadigan bo'lsam, "Paxtakor"da 9-10 nafar yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. SHulardan biri Jaloliddin Masharipov. Biz uchun bu yilgi mavsum yaxshi boshlandi. Osiyo chempionlar ligasida uydagi ikkita o'yinni g'alaba bilan yakunladik. Nasib qilsa bu yil albatta guruhdan chiqib uzoqqa boramiz. Hozir esa etiborimiz birinchi navbatda "So'g'diyona" bilan kechadigan o'yinga qaratilgan. Undan keyin "Bunyodkor"ni mag'lub etishga urinib ko'ramiz".

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика