Dragan CHeran: "G'oliblik ruhi g'alabada muhim rol o'ynadi"
20 dek 2020 19:01
Yangiliklar
Dragan CHeran: "G'oliblik ruhi g'alabada muhim rol o'ynadi"
"Paxtakor" futbolchisi Dragan CHeran bugun finalda AGMK darvozasiga ikkita gol urdi va jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi.
Uchrashuv yakuniga etgach final qahramonlaridan biri Dragan CHeranning fikrlari bilan qiziqdik.
"Dastlabki daqiqalarda ishonchsiz harakat qila boshladik. CHamasi 10-15 daqiqadan so'ng esa barchasi joyiga tushdi va biz o'zimiz istagandek o'ynadik deya olaman. O'yinni nazorat qildik va zarur pallada gol urganimiz bizga foyda berdi. SHu tariqa uchrashuv oxiriga qadar ustunlikni o'z tomonimizda ushlab turishni uddasidan chiqdik desam noto'g'ri bo'lmaydi. Beshta gol bilan O'zbekiston kubogi tarixidagi to'purar Anvar Solievga etib olganimni endi sizdan eshitmoqdaman. Bu albatta yoqimli holat. G'alabadagi asosiy omil jamoamizdagi g'oliblik ruhiyatidir",- deydi Dragan CHeran.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar