So’nggi yangiliklar

18:58Саудия Арабистони клублари "Милан" футболчиси учун 80 млн евро таклиф қилишга тайёр  1 18:33Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида кечган баҳсда Кот-д'Ивуардан устун келди  7 18:30Суперлига. "Бухоро" – "Сўғдиёна" 2:0 (матнли трансляция)  8 18:05Кейн Дрогбани ортда қолдирди  0 17:17Футзал бўйича 2026 йилги Осиё Кубогининг барча иштирокчилари аниқ бўлди  0 17:09Суперлига. "Хоразм" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  12 16:42Беллингем: "Гол урмаганимга анча бўлганди"  1 16:13Никола Лазаревич: "Бу йил "Насаф" фаворит. Ўзбекистон Каннаваро билан ҳам яхши натижага эришиши мумкин"  0 15:46"Челси" Сатпаевни ижарага беришни режалаштирмоқда  2 15:19"Голсиз артиллерия": "Монако"дан антирекорд  0 14:57"Пахтакор" академияси энг яхши мактаблар юзталигига кирди  5 14:52Куртуа "Реал" сафидаги юбилей ўйинини ўтказди  0 14:25"Андижон" Баҳрайн жамоаси билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:00"Милан" ҳимоячиси билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Ливерпуль" Салоҳни 12 ўйинга йўқотиши мумкин  5

Dragan CHeran: "100tadan oshiq gol urish tushimga ham kirmagan edi. Yana nechta to'p kiritaman? Hali faoliyatimni tugatishni o'ylamadim. Demak..." Yangiliklar

Dragan CHeran: "100tadan oshiq gol urish tushimga ham kirmagan edi. Yana nechta to'p kiritaman? Hali faoliyatimni tugatishni o'ylamadim. Demak..."

Superliganing 15-turida safarda "Neftchi" darvozasiga gol urgan Dragan CHeran ajoyib rekord muallifiga aylandi.


Neftchi

Superliga. 15-tur

12/08/2022, 19:00

2
:
0
Tugadi

Paxtakor

Sardor Sobirxo’jayev - 29', Dragan CHeran - 72'

45'
90'
5'  Salamat Qutiboev
24'  Oybek Qilichev
46'  Sirojiddin Qo'ziyev (Sunnatilla Abdullazhonov)
46'  Ulug'bek Hoshimov (Izzat Abdullaev)
62'  Oybek Qilichev (Fozil Musayev)
68'  Sunnatilla Abdullazhonov
84'  Shahzod Ubaydullayev (Abdullo Olimov)
90'  Mirzohid G’ofurov
29'  Sardor Sobirxo’jayev
29'  Pshemislav Banashak
45'  Oleksandr Nasonov
72'  Dragan CHeran
72'  Sardor Sobirxo’jayev
75'  Azizbek Turg’unboyev (Abbosbek Fayzullayev)
75'  Ikrom Aliboyev (Diyor Xolmatov)
82'  Xozhiakbar Alizhonov (Sherzod A’zamov)
88'  Dostonbek Hamdamov (Muhammadali O'rinboyev)


Serbiyalik yarim himoyachi 2016 yildan shu kunga qadar 106ta golni raqiblar darvozasiga joylashga ulgurdi. Yaypandagi o'yindan so'ng kechgan qisqa intervyuda CHeran bunga ham to'xtalib o'tdi. 



- "Neftchi"ga qarshi o'yin haqida...

- Har bir o'yinda bo'layotgani kabi, "Neftchi" bilan ham qiyin o'yin o'tkazdik. Kurashlar ko'p bo'ldi. Raqibga biroz agressivlik va kurashuvchanlik etishmadi. Biz uch ochko oldik. Bu hamma narsadan ustun. 

- O'zbekiston chempionatida 106ta gol bilan eng yaxshi legioner to'purarlar qatorida birinchi pog'onaga chiqib oldingiz..

- Men uchun etiborga molik natija. Ayni damda juda xursandman. Ushbu muvaffaqiyatda menga ko'maklashgan jamoadoshlarim, do'stlarimga minnatdorchilik bildirib qolaman. 2016 yil O'zbekistonga kelganimda, 100tadan oshiq gol urish tushimga ham kirmagan edi. Ayniqsa bu qisqa vaqtda. Gollarim jamoamga foyda keltirsa bo'lgani. 



- Faoliyatingizni yakuniga qadar yana nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

- Bu haqida o'ylayotganim yo'q. Demak hali hammasi oldinda. Nechta gol urishimni vaqt ko'rsatadi. 

- "Neftchi"da qandaydir o'zgarish sezdingizmi?

- Raqibning o'yinida qandaydir ijobiy tomonga o'zgarish ko'rmadim. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика