So’nggi yangiliklar

06:00Серия А. "Рома" - "Ювентус" 1:1   0 05:55Серия А. "Милан" - "Женоа" 3:3   0 05:50Серия А. "Кальяри" - "Лечче" 1:1   0 05:45Бундеслига. "Айнтрахт" - "Байер" 1:5   0 05:40АПЛ. "Челси" - "Вест Хэм" 5:0   0 05:35АПЛ. "Ливерпуль" - "Тоттенхэм" 4:2   0 01:39А Серия. "Рома" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  0 00:56"Реал" афсонаси билан шартномасини бир йилга узайтиради  4 00:322016 йилги Golden Boy соҳиби ва Европа чемпиони ПСЖга қайтади  0 00:13Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" меҳмонда "Галатасарой"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  0 22:47Александр Стоймирович: "Таркибимизда йўқотишлар бор"  0 22:45Самвел Бабаян: "Исталган жамоа Наманганга келганида ҳимоявий услубда ўйнайди"  17 22:25АПЛ. "Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" ўртасидаги ўйинда 6та гол урилди!  14 22:07Гнабри "Реал" билан ўйин олдидан: "Ўйинни ўлдириш керак"  4 21:42Илёс Зейтуллаев: "Ҳозир камроқ гапириб, кўпроқ ишлашимиз керак"  16

Dostonbek Tursunov: "Abramov bilan oramizda gap-so'zlar o'tgan. U voqealar o'tmishda qoldi" Yangiliklar

Dostonbek Tursunov: "Abramov bilan oramizda gap-so'zlar o'tgan. U voqealar o'tmishda qoldi"

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Dostonbek Tursunov MTJ yig'inlari doirasida o'z kelajagi hamda Abramovdan nima sababdan chaqiruv olmagani to'g'risida fikr bildirdi.

— Oxirgi o'yinni 11 avgustda o'tkazib, 13 avgust kuni Toshkentga etib keldim. 

Hozirda Uzoq SHarqda to'p surayapsiz. Yo'nalishni o'zgartirib, Evropa tomon yo'l olish niyatingiz bormi?

— Xudo xohlasa, niyatim bor. Hozirda Xitoy chempionatida faoliyatimni davom ettirayapman. Keyinchalik yanada kuchliroq chempionatlarga borish maqsadim yo'q emas.

Vadim Abramov davrida terma jamoaga umuman chaqiruv olmadingiz. Bu nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz? SHunday gap-so'zlar chiqdiki, Abramov "Neftchi"dagi ishlagan paytida, siz bilan bog'liq qandaydir muammo bo'lgan...

— U voqealar o'tmishda qoldi. Terma jamoaga chaqirish-chaqirmaslik murabbiyning xohishi, biz faqat termaga chaqirilganda o'z vazifamizni bajaramiz. Barchaning o'ziga yarasha uslubi bor, ehtimol, mening o'yinim murabbiy uslubiga to'g'ri kelmagandir.

Aynan nima muammo bo'lgan?

— Oramizdan bazi gap-so'zlar o'tgan. Menda ham yoshlik, qiziqqonlik bo'lgan o'sha paytlarda. O'ylashimcha, munosabatimiz yomon emasdi, agar imkoniyat berganda, o'zimni ko'rsatardim. Ko'rib turganingizdek, hozir hammasi joyida.

SHaxsiy adovat tufayli terma jamoaga chaqirmaganligingizni qanchalik to'g'ri deb o'ylaysiz?

— Terma jamoa manfaati yo'lida noto'g'ri deb o'ylayman. Terma jamoa uchun shaxsiy munosabatlar chetga chiqishi kerak.

Terma jamoada avlodlar almashinuvi kuzatilmoqda. Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev singari futbolchilar faoliyatini yakunladi. Markaziy himoya chizig'ida hozirgi kunda ikkita eng kuchli bo'lgan o'zbekistonlik futbolchini ayta olasizmi?

— Bizda barcha markaziy himoyachilar kuchli. Rustam bilan ko'p yillar birga to'p surganman, Islom bilan ham birga o'ynadik, barcha himoyachilar kuchli. Ular bilan raqobat qilishga tayyorman.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика