So’nggi yangiliklar

19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  3 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  3 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3

Vadim Abramov: "Ismatullaev menga faoliyatini tugatmoqchiligini aytgandi. Agar o'ynashni istaganda, unga imkoniyat berardim" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Ismatullaev menga faoliyatini tugatmoqchiligini aytgandi. Agar o'ynashni istaganda, unga imkoniyat berardim"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Dinamo" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

– O'yin haqida

– O'yinni hamma ko'rdi. Qiziq uchrashuv bo'ldi, gol urilmadi, ammo vaziyatlar bo'ldi. Birinchi bo'limda bizda gol urishga imkoniyatlar bo'ldi, ikkinchi bo'limda esa ustunliqni raqibga boy berdik. "Bunyodkor" ikkinchi bo'limda o'yinni boshqardi. Biz qarshi hujumda ularni tutishga harakat qildim, lekin buni iloji bo'lmadi. "Bunyodkor"da ham, bizda ham vaziyat bo'ldi. Oxirgi paslar etishmadi. Gol urolmaganimizdan keyin, hisob o'yinga mos bo'ldi deya olamiz. Samarqanddan kelgan muxlislardan uzr so'raymiz. Biz ularni xursand qila olmadik.

– "Dinamo" "Metallurg"ga qarshi o'yinda birinchi bo'limni sust o'tkazgandi. Bugun ham shunday holat yuz berdi. Ayniqsa Narx va Kojoda agressivlik ko'rinmadi. Ular o'z darajasidan past o'ynayotgani nima bilan bog'liq?

– Ha, Narx bugun o'z imkoniyatlaridan past o'ynadi. Bundan o'zimiz ham xayronmiz. Bu balki uning kichik jarohati bilan bog'liqdir. U jangchi va kichik jarohat bilan o'ynamoqda. Bugun bir necha marta yaxshiroq pas berishi mumkin edi, ammo buni uddalay olmadi. 

– Anvar G'ofurov o'z vaqtida qo'l ostingizda to'p tepgan, birga ishlagansiz ham. Uning ishini qanday baholaysiz?

– "Bunyodkor"da juda yaxshi jamoa shakllangan. Ularning OKMK bilan o'yinlarini ko'rdim, mag'lubiyatga loyiq emasdilar, bor penalti ham negadir berilmadi. Umuman olganda yaxshi jamoa, o'yinni nazorat qilishga harakat qilishmoqda. Tarkibdagi futbolchilar ham yaxshi saviyada. 

– Akbar Ismatullaev va "Dinamo" o'rtasidagi mojaro ko'pchilikni qiziqtirmoqda. U qishda klub bilan shartnoma imzoladi. Lekin yakuniy qaydnomaga kiritilmadi. Aslida nima bo'lgan edi?

– Biz uni jamoaga olib kelmoqchi edik. SHaxsan o'zim uni "Dinamo"ga taklif qildim. U o'shanda faoliyatini tugatmoqchi edi. Men uni yana o'ynashga ko'ndirdim. Keyin biz yig'inlarga borganimizda ko'rdimki, u bizga yordam beradigan formada emas. Undan nima qilishni istayotganini so'radim, u siz nima desangiz shu bo'ladi, dedi. U paytda Ismatullaevga "Qo'qon-1912", "Mashal" klublaridan taklif bor edi. U menga Pro ligada o'ynashni xohlamayotganini aytdi. Keyin "Qizilqum" varianti chiqdi. U bu variantni ham istamadi va faoliyatini yakunlashni istayotganini malum qildi. Yarim yil qaerdadir o'ynashni, formaga kirib olishni istasang, men senga yordam beraman dedim. U esa yo'q, faoliyatimni yakunlashni istayman deb aytdi. Suhbat shunday bo'lgandi. O'shanda Akbarga biz bilan bo'lgan ikki oy uchun maosh to'lashimizni aytdik. Bundan muammo yo'q edi. Keyin esa futbolchilar uyushmasidan xabar keldi. Akbar Ismatullaev bizdan o'sha ikki oy va yana keyingi ikki oylik maoshini to'lab berishni talab qildi. Agar o'ynashni istaganda, men unga imkoniyat berardim. Ismatullaev esa faoliyatini yakunlashini aytgandi. Bu menimcha noto'g'ri ish. Keyin esa siz aytgan tushunarsiz vaziyat yuzaga keldi. Men bo'lgan holatni aytib berdim, uni qanday talqin qilish sizning ishingiz. O'sha pulni to'lash kerak bo'lsa, to'laymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика