So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Dostonbek To'xtaboev: “Mashal”ni hozirgi holatda tashlab keta olmayman” Yangiliklar

Dostonbek To'xtaboev: “Mashal”ni hozirgi holatda tashlab keta olmayman”

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Muborakning “Mashal” klubi Superliga bilan xayrlashdi.

Endilikda “gazchilar” Pro-liganing yangi mavsumi uchun tayyorgarlik ko'rmoqda. Xo'sh, jamoa darvozaboni Dostonbek To'xtaboev yangi mavsumni qaerda o'tkazadi? Buni futbolchi bilan bo'lgan suhbatda bilib olamiz.

“Yangi mavsumni “Mashal”da boshlashim aniq. Xudo xohlasa, biz yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqchimiz. CHunki bizni qiyin yil kutmoqda. Mavsum yakuniga etganidan so'ng menga bir nechta jamoalardan jiddiy taklif bo'ldi. Biroq men barchasini rad etdim. Negaki, “gazchilar”ni qiyin holatda tashlab ketishim to'g'ri emasdi. SHu erda o'ynab, o'sishga erishdim va faoliyatimnining yaxshi damlarini o'tkazmoqdaman. Qisqasi, “Mashal”da qolish to'g'ri qaror.

“Mashal” bilan shartnomam muddati 2022 yilning oxirigacha qadar mo'jallangan. Yangi boshlanadigan mavsumda Pro-ligada muhim g'alabalarni qo'lga kiritgan holda Superligaga qaytmoqchimiz. SHu orqali muboraklik muxlislarni xursand qilgan bo'lardik. “Mashal” O'zbekistonning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi. SHunday jamoani quyi ligada bo'lishi yaxshi emas. Muxlislarimiz ham bizni tezroq Superligaga qaytishimizni istashadi”, - deya so'zini yakunladi To'xtaboev.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика