So’nggi yangiliklar

14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  0 14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  1 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  2 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  15 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  21 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  9 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  8 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  10

Doston Tursunov: “Metallurg” murabbiylari ishonchini oqlashga harakat qilaman" Yangiliklar

Doston Tursunov: “Metallurg” murabbiylari ishonchini oqlashga harakat qilaman"

“Qo'qon-1912” jamoasi himoyachisi Doston Tursunov yakunlangan mavsumda 24ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urishga erishdi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azosi faoliyatini Bekobodning “Metallurg” klubida davom ettirishga qaror qildi. Biz himoyachi bilan bog'lanib qo'qonliklar safidan ketish sabablarini so'radik.

- Siz uchun “Qo'qon-1912”dagi bir mavsum qanday o'tdi?

- 2016 yil oliy ligada “Qo'qon-1912” safida o'ynadim. Undan oldingi yillarda bir mavsumda bu qadar ko'p o'yinda maydonga tushmagan edim. Qo'qonliklar safida 20dan ortiq o'yinda ishtirok etdim. Yani oliy ligada to'laqonli debyut mavsumimini o'tkazdim deb ayta olaman.

- Jamoa nima uchun mavsum oxirida oliy ligada qolish uchun kurashdi deb o'ylaysiz?

- Qiyin savol. Futbolda doim ham yutishning imkoniyati yo'q. Qaysidir bahslarda omad bizdan yuz o'girdi, bazi uchrashuvlarda o'zimiz xatolarga yo'l qo'ydik. SHu sababli ham mavsum oxirida oliy ligada qolish uchun kurashdik. To'g'risi “Qo'qon-1912”dek klub birinchi ligada o'ynasa yarashmasdi. No'mon Hasanov jamoaga kelib barchasi o'zgarib ketdi. Yigitlarga ishonch berdi, hamma birga harakat qildi va yakunda maqsadimizga erishdik.


- Bir yil davomida oliy liganing asosiy futbolchisi sifatida o'ynab nimalarni o'rgandingiz?
- “Qo'qon-1912” safida ko'plab o'yinlarda maydonga tushishga erishganimdan xursandman albatta. Oliy ligada kuchli va tajribali hujumchilarga qarshi o'ynadim. Butun mavsum davomida har qanday futbolchi uchun bir maromda o'ynash qiyin.

- Qo'qonda qaysi futbolchilar sizga ko'proq yordam berishdi?

- Jamoaga meni Murod Ismoilov olib kelib menga ishonch bildirib maydonga tushirishni boshladilar. “Qo'qon-1912”da barcha yigitlar bir-biriga yordam beradi. Jamoada Aziz To'xtaboev, Nosir Otaqo'ziev va Jalil Kimsanov, ikkinchi davrada kelgan Sobir Hamidov hamda Javohir Sidiqovlar menga ko'p narsa o'rgatishdi. Ularga va boshqa yigitlarga rahmat aytaman. To'g'risini aytaman “Qo'qon-1912”dan ketish men uchun juda qiyin bo'ldi.

- Qaysi o'yinlar siz uchun og'ir o'tdi?

- Hech qaysi bahs oson o'tgani yo'q. Hech qaysi klub osongina taslim bo'lgani yo'q. Boshqalarga nisbatan qiyin o'yinlarga kelsak “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” bilan uchrashuvlar og'ir bo'ldi. Bu jamoalar safida kuchli hujumchilar o'ynashadi.


- “Metallurg”ga o'tish qanday ro'y berdi?
- Bekobodning “Metallurg” klubi murabbiylari meni jamoaga taklif qilishdi. “Qo'qon-1912” rahbariyati meni ketishimga qarshilik bildirmadi. SHu bois men o'zimni Bekobod klubi safida sinab ko'rishga qaror qildim. Kuni kecha jamoa bilan shartnoma tuzdim, bundan juda xursandman. Endi murabbiylarning ishonchini oqlashga harakat qilaman.

- Jamoa qanday kutib oldi?

- “Metallurg” ham “Qo'qon-1912” kabi ahil oila ekan. Bekobodda bir necha yillardan buyon deyarli bir xil tarkib o'ynab kelmoqda. Yani barcha futbolchilar bir-birlarini juda yaxshi bilishadi. Meni jamoa ajoyib kutib oldi.

- Murabbiylar sizdan nima kutishayotganini aytishdimi?

- Men himoyachiman, shunday ekan murabbiylar mendan nimani kutishlari aniq (kuladi). Tarkibdagi tajribali himoyachilardan bilmaganlarimni o'rganaman deb umid qilaman. Hikmat Hoshimov va Doniyor Odilov bir necha yillardan buyon oliy ligada muntazam ravishda o'ynab kelishmoqda.


- “Metallurg” jamoasiga qanday tarif bergan bo'lardingiz?
- “CHaqilmas yong'oq”. Menimcha shu tarif to'g'ri kelsa kerak. Bu jamoa o'tgan mavsum kuchli raqiblar bilan uchrashuvlarda ajoyib o'yinlar ko'rsatganini barcha ko'rdi.

- Bu yilgi asosiy maqsadingiz qanday?

- “Metallurg”ning maqsadi oliy ligada kuchli beshtalikka kirishdan iborat. 2016 yil klub mavsumni 7-o'rinda tugatdi, yani o'tgan yilgi natijani yaxshilash kerak. Mening maqsadim esa jamoaga kerakligimni isbotlab murabbiylar ishonchini oqlashdan iborat. Jamoa bilan qo'yilgan maqsadga erishamiz deb umid qilaman.   

Narzulla Saydullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика