So’nggi yangiliklar

22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  2 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  0 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2

Doston Hamdamov: ”Raqibimizda jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan” Yangiliklar

Doston Hamdamov: ”Raqibimizda jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan”

Bilasiz, guruhimizdagi asosiy raqobatchimiz Saudiya Arabistoni hisoblanadi.

SHunday ekan mazkur raqibga qarshi terma jamoa azolari va murabbiylar shtabi jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Uchrashuv yuki og'ir va masuliyatli tuyulsada, futbolchilar quvnoq kayfiyatda mashqlarni bajarishmoqda. Ko'tarinki ruhda o'tishi ko'zda tutilgan navbatdagi mashg'ulotlar boshlanishidan oldin tezkor vinger Doston Hamdamovning o'yindan oldingi fikrlari bilan qiziqdik.

- Saudiya Arabistoni bilan o'yindan oldingi futbolchilarning hissiyotlari, kayfiyati alo darajadami?

- Qirg'iziston bilan o'tkazilgan o'yinni esdan chiqarib, bor diqqatimizni va etiborimizni oldindagi o'yinga qaratdik. Tayyorgarlik risoladagidek olib borilmoqda. O'sha kuni stadionga ko'plab muxlislar tashrif buyurishini kutyapmiz. Ular bizni qo'llab-quvvatlaganidek, biz ham g'alaba sovg'a qilmoqchimiz.

- Jamoani bo'lajak o'yinda avvalgilariga nisbatan boshqacha uslubda ko'rishimiz mumkinmi? 

- Ochig'i bilmadim, murabbiyning mashg'ulotlarda olib borgan va bergan ko'rsatmalari asosida harakat qilamiz. Maqsad bitta, u ham bo'lsa g'alaba. Hammamiz borimizni shu o'yinga beramiz. Kim asosiy tarkibda maydonga tushishidan qatiy nazar terma jamoaga yordam berishi lozim.

- Odatdagidek jamoamiz raqibning kuchli yoki kuchsiz tomonlarini o'rgangani aniq. SHunday ekan saudiyaliklarning o'yinidagi etiboringizni tortgan jihat bo'ldimi? 

- Ularda jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilgan. Kuchli texnika va individual harakterga ega bo'lgan o'yinchilari maydonda yaqqol ajralib turadi. Umuman qiyin bahs kutmoqda.

- Muxlislarda bo'layotgani kabi futbolchilarda hayajon bormi?

- Hammasi zo'r. Bundan ham yaxshi bo'lishiga harakat qilamiz.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика