Dortmundning "Borussiya" klubi "RB Leypcig" futbolchisini xarid qilishga yaqin
23 avg 2021 18:01
Yangiliklar
Dortmundning "Borussiya" klubi "RB Leypcig" futbolchisini xarid qilishga yaqin
"RB Leypcig" himoyachisi Marsel Xalstenberg Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tishga yaqin.
29 yoshli futbolchining "buqalar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi va "RB Leypcig" uni bir yildan so'ng tekinga yo'qotmaslik uchun hoziroq sotib yuborishga tayyor.
Germaniyada transfer oynasi 8 kundan so'ng yopiladi - bu "Borussiya"ga Xalstenbergning transferi borasida kelishish uchun vaqt.
CHap qanot himoyachi o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar