Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Premer-liga klubiga o'tdi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2017, 18:45
Premer-ligaga qaytgan "Nyukasl Yunayted" Dortmundning "Borussiya" yarim himoyachisi Mikel Merinoni o'z safiga qo'shib oldi.

Merino bir mavsum uchun ijaraga olindi. 21 yoshli yarim himoyachi yozgi transfer oynasida "Nyukasl"ning beshinchi yangi futbolchisiga aylandi.

"Bu yerda ekanligimdan xursandman. Sabrsizlik bilan mashg'ulotlarni kutyapman. "Nyukasl" ajoyib klub va yaxshi shahar. Menda turli variantlar bor edi, ammo bunisi eng yaxshisi" - deydi Merino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com