Dortmund yarim himoyachisi Xofman 8 mln. evro evaziga Menxengladbax klubiga o'tadi
29 dek 2015 12:43
Yangiliklar


Dortmund yarim himoyachisi Xofman 8 mln. evro evaziga Menxengladbax klubiga o'tadi
Dortmundning "Borussiya" yarim himoyachisi Yonas Xofman Germaniya chempionatining ikkinchi davrasida Menxengladbaxning "Borussiya" klubi sharafini himoya qiladi.
Malumotlarga ko'ra, futbolchi menxengladbaxliklar safida tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi. Dortmundliklar yarim himoyachi uchun 8 mln. evro olishadi.
Birinchi davra yakunlariga ko'ra Xofman Bundesliganing 7 uchrashuvida maydonga tushdi va ularning to'rttasida asosiy tarkibda bahsni boshladi. Yonas ushbu o'yinlarda 2ta golli pas berib, o'z hisobiga 1ta gol yozib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar