Dortmund qachon Obameyang borasidagi taklifni ko'rib chiqishini malum qildi
30 mar 2016 23:02
Yangiliklar


Dortmund qachon Obameyang borasidagi taklifni ko'rib chiqishini malum qildi
Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyangni o'z safiga qo'rmoqchi bo'layotgan grand jamoalari soni keskin oshib bormoqda.
Obameyang borasidagi savollarga "Borussiya Dortmund" klubi ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatcke qo'yidagicha javob berdi:
"Biz bejizga Obameyang bilan shartnomani 2020 yilga qadar uzaytirganimiz yo'q. CHunki Obameyang jamoamiz safida yana ko'plab gollar urishini istaymiz. Uni uzoq vaqt safimizda olib qolmoqchimiz. Agarda kimda-kim bu hujumchimizni sotib olmoqchi bo'lsa, unda ular 100-120 million evro mablag' bilan bizga taklif bilan chiqishsin. O'shanda balki bu taklifni yo'lab qo'rarmiz. Ammo biz Obameyangdan voz kechmoqchi emasmiz", - deydi Vatcke.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar