Donnarumma 3 iyul kuni kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qiladi

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2017, 14:16
"Milan" posboni Janluiji Donnarumma 3 iyul kuni klub vakillari bilan uchrashadi va rossonerlar bilan yangi shartnoma imzolash bo'yicha yakuniy qarorini e'lon qiladi.

Donnarumma "Milan" bosh murabbiyi Vinchenco Montella bilan tushlik qilib, kelajagini muhokama qiladi. Oldinroq 18 yoshli futbolchining oilasi Donnarumma "Milan"da qolishini istayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

OAVda Donnarumma "Real"ga o'tishi, ammo bu voqea 2018 yilning yozida amalga oshishi ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport