Donnaruma jarohati bois bir necha hafta maydonga tusha olmaydi

3 apr 2019, 20:21
“Milan” posboni jarohati bois bir necha haftani maydondan tashqarida o'tkazadi.

Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.

Italiyalik posbon A seriyaning 30-turi doirasida “Udineze”ga (1:1) qarshi bellashuvda jarohat olib, 12-daqiqadayoq o'z o'rnini Pepe Reynaga bo'shatib bergandi.

Shuningdek, “Milan”ning boshqa bir futbolchisi Lukas Paketa ham ushbu bahsda to'pig'idan jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia