Donnaruma jahonda eng ko'p maosh oladigan darvozabonga aylanishi mumkin
17 apr 2021 21:00
Yangiliklar
Donnaruma jahonda eng ko'p maosh oladigan darvozabonga aylanishi mumkin
“Milan” kiperi Janluiji Donnarumma va uning agenti Mino Rayola klub bilan shartnoma uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Qayd etilishica, 22 yoshli darvozabon maoshi yiliga 12 mln evroga ko'tarilgan taqdirdagina jamoada qolishga rozi bo'ladi. “Qizil-qoralar” esa unga 8 mln evrodan ortig'ini to'lashga tayyor emas. Agar “Milan” Donnarumaning shartlariga rozi bo'lsa, u MYU posboni David de Xeani ortda qoldirib, dunyoda eng ko'p maosh oladigan darvozabonga aylanadi. De Xea yiliga 11 mln evro ishlab topadi.
Italiyalik joriy mavsum “Milan” safida 40 uchrashuv o'tkazib, darvozasidan 48 ta gol o'tkazib yubordi va 10 o'yinda darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar